Abdulla Qahhor
Abdulla Qahhor (1907—1968) — Talantli oʻzbek yozuvchisi. 1907 yil 17 sentyabrda Qoʻqonda tugʻildi. Oldin eski maktabda, «Istiqbol» maktab-internatida, soʻngra Qoʻqon pedtexnikumida oʻqidi. 1925 yilda Toshkentga kelib, turli tahririyatlarda mehnat qildi. 1926—1930 yillarda Oʻrta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakultetida tahsil oldi. Umri mobaynida turli ijodiy muassasalarda ishladi.A. Qahhor oʻrinli soʻz qoʻllash mahoratini puxta egallagan adibdir. Ijodida voqelikni realistik talqin etish ustuvorlik qiladi. Adib serqirra ijodkor sifatida adabiyotning deyarli barcha tur va janrlarida qalam tebratgan. «Olam yasharadi» nomli birinchi hikoyalar toʻplami 1932 yilda bosilgan.
«Sarob» (1934), «Qoʻshchinor chiroqlari» (1951) nomli romanlari, «Sinchalak» (1958), «Oʻtmishdan ertaklar» (1965) kabi qissalari, «Boshsiz odam», «Anor», «Bemor», «Oʻgʻri», «Dahshat», «Millatchilar», «Sanʼatkor», «Adabiyot muallimi», «Oʻjar», «Asror bobo» kabi oʻnlab hikoyalar yozgan. «Shohi soʻzana» (1949), «Ogʻriqtishlar» (1954), «Tobutdan tovush» (1962), «Ayajonlarim» (1966) nomli komediyalar muallifi. Feletonlar, adabiy-tanqidiy maqolalar ham yozgan.
Adib asarlarida ruhiy-psixologik tasvir, realistik talqin hamda hajviy yoʻnalish ustivorlik qiladi.
Pushkin, Gogol, L. N. Tolstoy, A. P. Chexov asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. 1968 yilning 25 mayida vafot etgan.