Umumiy ma`lumotlar
universitet haqida, rasmiy rekvizitlar, nizom, rektorat, universitet tuzilmasi, hukumat qarorlari ijrosi, kengashlar, yangiliklar
Abiturientlar uchun
yo`riqnoma, test topshirish, qabul komissiyasining axborot xizmati, mutaxassisliklar, yo`nalishlar, o`tiladigan darslar, imtiyozlar, ikkinchi mutaxassisliklar, universitet qoidalari
Talabalar uchun
talabalar uchun yo`riqnoma, baholash tizimi, stipendiyalar, magistratura, aspirantura, ijtimoiy muhofaza, talabalar turar joylari, dars jadvallari, kutubxonalar va a'zolik
O`qituvchilar uchun
shartnomalar ko`rinishi, baholash tizimi, malaka oshirish va qayta tayyorlash, o`tkazilayotgan tadbirlar
Ilmiy faoliyat
ilmiy bo`lim, markazlar va laboratoriyalar, konferensiya va seminarlar, himoya hujjatlari, ilmiy ishlar kengashlari, himoyaga oid e`lonlar, talabalarning ilmiy faoliyati, ochiq darslar, innovatsion faoliyat, loyihalar
Xalqaro aloqalar
jalb etilgan sarmoyalar, loyihalar, xorijiy talabalarni o`qitish
Madaniy-ma`rifiy faoliyat
madaniy tadbirlar, madaniyat va ma`rifat markazlari, talabalar hayoti, sport tadbirlari
Axborot resurslari
darsliklar, ma`ruza matnlari, qo`llanmalar, laboratoriya va amaliy ishlar, o`quv uslubiy qo`llanmalar, badiiy asarlar, referatlar, taqdimotlar, magistrlik dissertatsiyalari
Internet resurslar
o`zbek adabiyoti, yubiley, tematik saytlar, fakultet saytlari
Bizning faxrimiz
akademiklar, rektorlar, fan doktorlari, professorlar
Universitet muzeylari
noyob qo`lyozmalar, tarix, geologiya, zoologiya muzeylari
Yangiliklar
fakultetlar va universitet yangiliklari
19, 2007
Mamlakatimizdagi yosh iste’dod egalarini kashf etish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi tomonidan an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan “Kelajak ovozi” tanlovini yoshlar orasida keng targ‘ib qilish, uning ishtirokchilari va g‘oliblari yutuqlarini ommalashtirish maqsadida O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi bosma ommaviy axborot vositalari va internet tarmog‘i, axborot agentliklari jurnalistlari o‘rtasida tanlov e’lon qiladi.
Tanlov shartlari
Tanlovga “Kelajak ovozi” tanlovi jarayonlari, ishtirokchilari va g‘oliblari faoliyati, erishgan yutuqlarini yorituvchi va 2007 yilning 1 martidan 2008 yilning 1 yanvarigacha bo‘lgan muddat davomida gazeta va jurnallarda, internet nashrlarda berilgan materiallar 2008 yilning 10 yanvariga qadar qabul qilinadi.
Tanlovga taqdim etilgan materiallar soni 6 tadan kam bo‘lmasligi va davriy nashrlarning asl nusxasi yoki ko‘chirma nusxada topshirilishi lozim.
Taqdim etilgan materiallar o‘zbek yoki rus tilida tayyorlangan bo‘lishi kerak.
Ishga bosma nashr to‘g‘risida ma’lumotlar - nashr nomi, ixtisoslashuvi, adadi, tarqatilish hududi, manzili.
Muallif to‘g‘risida - familiyasi, ismi, professional faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma’lumot, pasportga oid ma’lumotlar ilova qilinadi.
Tanlovga topshirilgan ijodiy ishlar taqriz qilinmaydi va qaytarilmaydi.
Tanlov nominatsiyalari
Tanlov ikki nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi:
- “Kelajak ovozi” tanlovini yoritish bo‘yicha matbuotda chop etilgan eng yaxshi materiallar to‘plami
- “Kelajak ovozi” tanlovini yoritish bo‘yicha internetda berilgan eng yaxshi materiallar to‘plami
G‘oliblar har ikki nominatsiya bo‘yicha quyidagi tartibda mukofotlanadi:
- bitta 1-o‘rin
- ikkita 2-o‘rin
- uchta 3-o‘rin
G‘oliblar diplom va qimmatli sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.
Materiallar “Kelajak ovozi” respublika tanlovini yoritishga” degan qayd bilan tanlov matbuotda e’lon qilingan kundan boshlab O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondiga quyidagi manzilga jo‘natiladi: 100129, Toshkent shahri Navoiy ko‘chasi 30-uy, 3-qavat, 5-xona.
Telefon/faks: 144-12-51, 144-15-96,
Manba: http://www.press-uz.info/uz
© 2004-2009, Nuu.Uz
Âńĺ ďđŕâŕ çŕůčůĺíű












