Umumiy ma`lumotlar
universitet haqida, rasmiy rekvizitlar, nizom, rektorat, universitet tuzilmasi, hukumat qarorlari ijrosi, kengashlar, yangiliklar
Abiturientlar uchun
yo`riqnoma, test topshirish, qabul komissiyasining axborot xizmati, mutaxassisliklar, yo`nalishlar, o`tiladigan darslar, imtiyozlar, ikkinchi mutaxassisliklar, universitet qoidalari
Talabalar uchun
talabalar uchun yo`riqnoma, baholash tizimi, stipendiyalar, magistratura, aspirantura, ijtimoiy muhofaza, talabalar turar joylari, dars jadvallari, kutubxonalar va a'zolik
O`qituvchilar uchun
shartnomalar ko`rinishi, baholash tizimi, malaka oshirish va qayta tayyorlash, o`tkazilayotgan tadbirlar
Ilmiy faoliyat
ilmiy bo`lim, markazlar va laboratoriyalar, konferensiya va seminarlar, himoya hujjatlari, ilmiy ishlar kengashlari, himoyaga oid e`lonlar, talabalarning ilmiy faoliyati, ochiq darslar, innovatsion faoliyat, loyihalar
Xalqaro aloqalar
jalb etilgan sarmoyalar, loyihalar, xorijiy talabalarni o`qitish
Madaniy-ma`rifiy faoliyat
madaniy tadbirlar, madaniyat va ma`rifat markazlari, talabalar hayoti, sport tadbirlari
Axborot resurslari
darsliklar, ma`ruza matnlari, qo`llanmalar, laboratoriya va amaliy ishlar, o`quv uslubiy qo`llanmalar, badiiy asarlar, referatlar, taqdimotlar, magistrlik dissertatsiyalari
Internet resurslar
o`zbek adabiyoti, yubiley, tematik saytlar, fakultet saytlari
Bizning faxrimiz
akademiklar, rektorlar, fan doktorlari, professorlar
Universitet muzeylari
noyob qo`lyozmalar, tarix, geologiya, zoologiya muzeylari
Yangiliklar
fakultetlar va universitet yangiliklari
21, 2007
Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasida 22 aprel - Xalqaro olamni asrash kuniga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda davlat, jamoat, xalqaro tashkilotlar vakillari, olimlar, mutaxassislar va jurnalistlar ishtirok etdi.
Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida tabiat musaffoligini ta’minlash, ekologik vaziyatni barqarorlashtirish va tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotir. Jumladan, yer resurslarini asrab-avaylash, agrar tarmoqda ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, tuproq ifloslanishi, yemirilishi va cho‘llanish jarayonining oldini olish doimiy e’tiborda.
Bu borada ishlab chiqilgan tegishli dasturlarda belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etish, yerdan foydalanish borasidagi me’yorlar ijrosi ustidan davlat nazoratini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning tizimidagi idoralar faoliyatining muhim yo‘nalishini tashkil etadi. Qo‘mitaning tahliliy nazoratga ixtisoslashgan inspeksiyasi joriy yilning birinchi choragida bu borada 374 ta korxonaning faoliyatini o‘rgandi. Aniqlangan qonunbuzarliklar yuzasidan korxonalarning mansabdor shaxslariga nisbatan tegishli chora-tadbirlar qo‘llangan.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi yer va suv nazorati bosh boshqarmasi boshlig‘i Muhammadi Mamanazarovning aytishicha, qo‘mita mutaxassislari ayni vaqtda yer resurslarini muhofaza qilishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, alohida muhofaza etiladigan hududlar maydonini kengaytirish, dehqonchilikda biologik usul va vositalardan keng foydalanishni ta’minlashga yo‘naltirilgan ko‘plab loyihalar ustida ish olib boryapti. Bu boradagi sa’y-harakatlar tufayli, qariyb ikki ming gektar yer rekultivatsiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Olti yarim ming gektardan ko‘proq yerning meliorativ holati yaxshilandi. Chiqindilarning atrof-muhit va inson salomatligiga salbiy ta’sirining oldini olish maqsadida keng ko‘lamli ishlar bajarilyapti.
Anjumanda yer resurslarini muhofazalashning huquqiy asoslari, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar samarasi, qishloq xo‘jaligida yangi texnologiyalarni qo‘llash bilan bog‘liq vazifalar, aholi, ishlab chiqaruvchilar, fermerlar hamda jamoat tashkilotlari ishtirokida hayotga tatbiq etilayotgan ekologik barqarorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan loyihalarga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi.
Manba: www.uza.uz
© 2004-2009, Nuu.Uz
Âñå ïðàâà çàùèùåíû












