Umumiy ma`lumotlar
universitet haqida, rasmiy rekvizitlar, nizom, rektorat, universitet tuzilmasi, hukumat qarorlari ijrosi, kengashlar, yangiliklar
Abiturientlar uchun
yo`riqnoma, test topshirish, qabul komissiyasining axborot xizmati, mutaxassisliklar, yo`nalishlar, o`tiladigan darslar, imtiyozlar, ikkinchi mutaxassisliklar, universitet qoidalari
Talabalar uchun
talabalar uchun yo`riqnoma, baholash tizimi, stipendiyalar, magistratura, aspirantura, ijtimoiy muhofaza, talabalar turar joylari, dars jadvallari, kutubxonalar va a'zolik
O`qituvchilar uchun
shartnomalar ko`rinishi, baholash tizimi, malaka oshirish va qayta tayyorlash, o`tkazilayotgan tadbirlar
Ilmiy faoliyat
ilmiy bo`lim, markazlar va laboratoriyalar, konferensiya va seminarlar, himoya hujjatlari, ilmiy ishlar kengashlari, himoyaga oid e`lonlar, talabalarning ilmiy faoliyati, ochiq darslar, innovatsion faoliyat, loyihalar
Xalqaro aloqalar
jalb etilgan sarmoyalar, loyihalar, xorijiy talabalarni o`qitish
Madaniy-ma`rifiy faoliyat
madaniy tadbirlar, madaniyat va ma`rifat markazlari, talabalar hayoti, sport tadbirlari
Axborot resurslari
darsliklar, ma`ruza matnlari, qo`llanmalar, laboratoriya va amaliy ishlar, o`quv uslubiy qo`llanmalar, badiiy asarlar, referatlar, taqdimotlar, magistrlik dissertatsiyalari
Internet resurslar
o`zbek adabiyoti, yubiley, tematik saytlar, fakultet saytlari
Bizning faxrimiz
akademiklar, rektorlar, fan doktorlari, professorlar
Universitet muzeylari
noyob qo`lyozmalar, tarix, geologiya, zoologiya muzeylari
Yangiliklar
fakultetlar va universitet yangiliklari
16, 2007
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 8 noyabrdagi Farmoyishiga binoan mamlakatimizda 15 noyabrdan 15 dekabrgacha “Yong‘in xavfsizligi oyligi” e’lon qilindi.
Sir emas, kuz-qish mavsumi yong‘in bilan bog‘liq ko‘ngilsizliklar nisbatan ko‘payadigan payt hisoblanadi. Boisi, yilning ayni shu davrida – havo soviy boshlagan kunlarda barcha isitish moslamalari ishga tushiriladi. Ammo hammasining ham yaroqlilik darajasi risoladagidek bo‘lavermaydi, qolaversa, hamma ham ulardan to‘g‘ri foydalana olmaydi.
Yurtimizda an’anaviy o‘tkazilib kelinayotgan «Yong‘in xavfsizligi oyligi»dan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi turarjoylari va iqtisodiyot tarmoqlari obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashga doir hushyorlikni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirishdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur Farmoyishida idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha korxona, muassasa va tashkilotlar obyektlarini, shuningdek, uy-joy fondini yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiq holga keltirish, toifalangan va o‘ta muhim obyektlarda esa yong‘in xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga doir muhim vazifalar belgilab berildi. Hujjatda, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar va kompaniyalar yong‘in xavfsizligi oyligini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha komissiyalar tuzishi, rejalashtirilgan tadbirlar ijrosini qat’iy ta’minlashi qayd etilgan.
Bu borada mamlakatimizdagi bosh mas’ul muassasa – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan tegishli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilmoqda. Jumladan, mazkur idora xodimlarining joylarda mahallalar faollari, hududiy profilaktika inspektorlari bilan o‘zaro hamkorlikda ish olib borishi oylikning muvaffaqiyatli o‘tishini ta’minlaydi. Ayni paytda ular yong‘in xavfsizligi qoidalari, tegishli me’yoriy hujjatlar yuzasidan joylarda uchrashuvlar uyushtirib, ko‘rgazmalar tashkil etmoqda. Ta’sirli vosita va uslublar asosida o‘tkazilayotgan oylikning mazmun-mohiyati xavfsizlik qoidalariga amal qilishning ahamiyati, yuz berishi mumkin bo‘lgan yong‘inning oldini olish choralari to‘g‘risida tushuntirish-targ‘ibot ishlari kuchaytirilmoqda. Bunda mahallalar, ta’lim muassasalari, gaz va elektr ta’minoti idoralari hamda daxldor boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik yaxshi samara berayotir.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Ne’matilla Shodmonxo‘jayevning aytishicha, tizimda mazkur oylikni talablar darajasida o‘tkazishga doir keng ko‘lamli tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Hozir yong‘in xavfsizligi idoralari xodimlari tomonidan “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi, mahallalar va boshqa tegishli muassasalar vakillari bilan birgalikda korxonalar, xalq xo‘jaligi obe’ktlari, muassasalar, aholi turarjoylari, boshqa inshootlarda gaz, elektr energiyasidan to‘g‘ri foydalanish, ularning yong‘in xavfsizligi holati, mavsumga shayligi yana bir bor sinchiklab o‘rganib chiqilmoqda. Fuqarolar hamda mas’ul shaxslarga zarur maslahat va amaliy yordamlar berilib, kamchiliklarni joyida bartaraf etishga erishilayotir.
“Yong‘in xavfsizligi oyligi”ning samaradorligini yanada oshirish maqsadida tadbirda faol ishtirok etadigan tashkilot va muassasalar o‘rtasida ko‘rik-tanlov e’lon qilindi. Oylik yakunida yong‘in xavfsizligini ta’minlashda namuna ko‘rsatgan korxonalar, mahalla va mavzelar jamoalari aniqlanib, rag‘batlantirilishi ko‘zda tutilgan.
Shunga qaramay, yong‘in xavfsizligini ta’minlashga, shu orqali hayotimiz, uy-joyimiz, korxonamiz, demakki, yurtimizni «tilsiz yov»dan asrash uchun nainki yong‘in nazorati idoralari xodimlari, balki, har birimiz mas’ul ekanimizni unutmasligimiz lozim. Mamlakatimizda boshlangan ezgu tadbir – “Yong‘in xavfsizligi oyligi”ni o‘tkazishdan maqsad ham fuqarolarning bu boradagi hushyorligini yanada oshirishdan iboratdir.
Manba: http://uza.uz/
© 2004-2009, Nuu.Uz
Âñå ïðàâà çàùèùåíû












