E-MAIL
Foydali saytlar

Gov

Press-Service

ZiyoNet

Uza

Uza

www.edu.uz

www.vak.uz

www.pedagog.uz

Umumiy ma`lumotlar

universitet haqida, rasmiy rekvizitlar, nizom, rektorat, universitet tuzilmasi, hukumat qarorlari ijrosi, kengashlar, yangiliklar

Abiturientlar uchun

yo`riqnoma, test topshirish, qabul komissiyasining axborot xizmati, mutaxassisliklar, yo`nalishlar, o`tiladigan darslar, imtiyozlar, ikkinchi mutaxassisliklar, universitet qoidalari

Talabalar uchun

talabalar uchun yo`riqnoma, baholash tizimi, stipendiyalar, magistratura, aspirantura, ijtimoiy muhofaza, talabalar turar joylari, dars jadvallari, kutubxonalar va a'zolik

O`qituvchilar uchun

shartnomalar ko`rinishi, baholash tizimi, malaka oshirish va qayta tayyorlash, o`tkazilayotgan tadbirlar

Ilmiy faoliyat

ilmiy bo`lim, markazlar va laboratoriyalar, konferensiya va seminarlar, himoya hujjatlari, ilmiy ishlar kengashlari, himoyaga oid e`lonlar, talabalarning ilmiy faoliyati, ochiq darslar, innovatsion faoliyat, loyihalar

Xalqaro aloqalar

jalb etilgan sarmoyalar, loyihalar, xorijiy talabalarni o`qitish

Madaniy-ma`rifiy faoliyat

madaniy tadbirlar, madaniyat va ma`rifat markazlari, talabalar hayoti, sport tadbirlari

Axborot resurslari

darsliklar, ma`ruza matnlari, qo`llanmalar, laboratoriya va amaliy ishlar, o`quv uslubiy qo`llanmalar, badiiy asarlar, referatlar, taqdimotlar, magistrlik dissertatsiyalari

Internet resurslar

o`zbek adabiyoti, yubiley, tematik saytlar, fakultet saytlari

Bizning faxrimiz

akademiklar, rektorlar, fan doktorlari, professorlar

Universitet muzeylari

noyob qo`lyozmalar, tarix, geologiya, zoologiya muzeylari

Yangiliklar

fakultetlar va universitet yangiliklari

E`lonlar
 
|
barcha e`lonlar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisi to‘g‘risida axborot

03, 2007


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisi to‘g‘risida axborot

30 noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisi ochildi.

Majlisda Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a’zolari, o‘tkazilayotgan yalpi majlis kun tartibiga kiritilgan masalalarga faoliyati daxldor davlat organlarining rahbarlari hozir bo‘ldilar.

Majlisni Oliy Majlis Senatining Raisi I.Sobirov boshqardi.

Senatorlar o‘z ishlarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining o‘n besh yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritilgan amnistiya to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishdan boshladilar va uning yuzasidan tegishli qaror qabul qildilar. Bu hujjat insonparvarlikning yorqin namunasi, sud-huquq sohasidagi islohotlar izchillik bilan amalga oshirilayotganligining yana bir dalili ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

Shundan keyin O‘zbekiston Respublikasining 2008 yilgi Davlat budjeti ko‘rib chiqildi. Muhokama asnosida Davlat budjeti iqtisodiy islohotlar ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olib tayyorlanganligi hamda makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarni yanada rivojlantirishga qaratilganligiga alohida urg‘u berildi.

Mamlakat asosiy moliyaviy hujjatining xarajatlar qismida ijtimoiy siyosat sohasidagi ustuvor vazifalardan biri sifatida budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiya va nafaqalar miqdorini oshirish tamoyilini saqlab qolish nazarda tutilmoqda.

2008 yilgi investitsiya dasturini amalga oshirish doirasida ko‘rib chiqilgan Davlat budjetida nazarda tutilgan mablag‘larning asosiy qismi umumta’lim maktablarini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish, qishloq aholisini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlashga doir davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirishga yo‘naltiriladi.

Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi. Qishloq xo‘jalik yerlarining meliorativ holatini yaxshilashga mo‘ljallangan mablag‘lar anchagina ko‘paytirildi, unumdorligi yuqori bo‘lmagan yerlarda qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlashga doir maqsadli mablag‘lar ham nazarda tutilmoqda. Senatorlar O‘zbekiston Respublikasining 2008 yilgi Davlat budjetini ma’qulladilar.

So‘ngra parlament yuqori palatasining a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 10 martda qabul qilingan “Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish dasturi to‘g‘risida”gi PQ–24-sonli Qaroriga muvofiq tayyorlangan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqdilar.

Qonunni muhokama qilish asnosida ushbu huquqiy hujjat soliq siyosatini shakllantirishning amaliyotda sinovdan o‘tgan prinsiplariga, ya’ni soliq solishning majburiyligi, adolatliligi, soliq tizimining yagonaligi, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi hamda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagi bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar soliq to‘lovchining foydasiga talqin qilinishini nazarda tutuvchi soliq to‘lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsiplariga asoslanganligi ko‘rsatib o‘tildi. Soliq kodeksi soliq boshqaruvi normalarini qamrab oladi, ayrim soliqlarni hisoblab chiqarish qoidalari hamda to‘lash tartibini imkon qadar soddalashtirishni va birxillashtirishni nazarda tutadi, tadbirkorlar o‘z bizneslarini o‘rtacha muddatda rivojlantirishni asosli tarzda prognoz qilishlariga imkon beradi. Senatorlar ushbu Kodeks o‘zida mavjud soliq normalarining butun tizimini jamlagan deya ta’kidladilar. Yuqori palata a’zolari O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini ma’qulladilar.

Senatorlar “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ham ko‘rib chiqdilar.

“Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga qo‘shimcha kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ham senatorlar tomonidan ko‘rib chiqildi. Qonunning asosiy maqsadi “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 24-moddasining uchinchi qismidagi hamda “Homiylik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 9-moddasining uchinchi qismidagi normalarni, ya’ni jamoat fondi tomonidan homiylik dasturlari amalga oshirilishida ishtirok etayotgan shaxslarning mehnatiga to‘lanadigan haq miqdorini belgilash bilan bog‘liq normalarni muvofiqlashtirishdan iboratdir. Ana shu normalarga binoan ma’muriy xarajatlarga doir cheklovlar homiylik dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etayotgan shaxslarning mehnatiga haq to‘lashga nisbatan tatbiq etilmaydi. Senatorlar Qonunni ma’qulladilar.

Parlament yuqori palatasining a’zolari Davlat budjetining g‘azna ijrosini joriy etish hisobiga budjet tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi hamda “Davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, ma’qulladilar. Qonun budjet mablag‘larining o‘z o‘rnida va samarali sarflanishini zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda nazorat qilishni kuchaytirishga, hamma darajalardagi budjetlarning daromadlari va xarajatlarini boshqarish samaradorligini oshirishga, shuningdek “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi va “Davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining qoidalarini Davlat budjetining g‘azna ijrosi talablariga muvofiqlashtirishga qaratilgan.

So‘ngra senatorlar “Sanoat, gaz ta’minoti va kon nazorati sohasidagi boshqaruv takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini muhokama qildilar. Qonunda jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 7 iyunda qabul qilingan “Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 27-moddasiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasini uglevodorod konlarini aniqlash va qidirish hamda uglevodorodlarni kavlab olish maqsadida geologik jihatdan o‘rganish, uglevodorodlarni saqlash uchun yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish maqsadida yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarni berish bo‘yicha vakolatli organ sifatida belgilashga oid qoida kiritish nazarda tutilmoqda. Senatorlar Qonunni ma’qulladilar.

Shundan keyin “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish tartibini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilindi va ma’qullandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 27 aprelda qabul qilingan “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori asosida ishlab chiqilgan ana shu huquqiy hujjatga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, shuningdek “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining ba’zi moddalariga aniqlashtiruvchi o‘zgartishlar kiritilmoqda, jumladan yuridik shaxsni na faqat tugatish komissiyasi, balki jismoniy shaxs (tugatuvchi) tomonidan ham tugatish imkoniyati berilmoqda.

“Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqish asnosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 23 yanvardagi Qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturining asosiy yo‘nalishlaridan biri amaldagi ijtimoiy himoya tizimining samaradorligini oshirishdan iborat ekanligi alohida ta’kidlandi. Mazkur Qonunning asosiy maqsadi aholining hayotiy ta’minotini kuchaytirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, tovar va xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish uchun yanada qulayroq iqtisodiy sharoitlar yaratish, shuningdek uy-joy-kommunal xizmatlar narxi maqbul bo‘lishini kafolatlaydigan, monopoliyaga qarshi qaratilgan choralarni aniqlashtirishdan iborat.

Chunonchi, “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar raqobat muhiti sharoitlarida faoliyat ko‘rsata oladigan ishlab chiqarishlarni tabiiy monopoliyalar sohasidan ajratib chiqarish va keyinchalik ularni xususiylashtirish vazifalarining bajarilishini ta’minlash imkonini beradi. Parlament yuqori palatasining a’zolari ushbu Qonunni ma’qulladilar.

Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 17 sentabrda qabul qilingan “Pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni asosida tayyorlangan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ham ko‘rib chiqdilar. Mazkur Farmonda 2007 yilning 1 oktabridan e’tiboran pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqining maksimal miqdorini eng kam ish haqi miqdorining yetti karrasidan sakkiz karrasigacha oshirish nazarda tutilgan. Shu narsa ham ta’kidlab o‘tildiki, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ba’zi moddalariga kiritilayotgan o‘zgartishlar pensionerlarning moddiy farovonligini yanada oshirishga, ijtimoiy adolat prinsiplarini mustahkamlashga yordam beradi. Senatorlar ushbu huquqiy hujjatni ma’qulladilar.

“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqish chog‘ida senatorlar ushbu huquqiy hujjat “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini “Oltin aksiya” deb nomlangan yangi 24 1 -modda bilan to‘ldirayotganligiga alohida e’tibor qaratdilar. “Oltin aksiya” deganda ayrim aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi tushuniladi. Bu huquq strategik ahamiyatga molik davlat korxonalarini xususiylashtirish yoki aksiyadorlik jamiyatlarining davlat aksiya paketlarini xususiy mulk etib realizatsiya qilishda O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qaroriga asosan joriy etiladi va mamlakatning iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Shundan keyin senatorlar “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqdilar va ma’qulladilar. Ta’kidlanganidek, Kodeksga kiritilayotgan qo‘shimchalar transport vositasini boshqarish paytida transport vositasi salonining old qismiga ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan o‘rnatilgan tele-, videomonitordan foydalanganlik, shuningdek bunday monitorlarni transport vositasi salonining old qismiga o‘zboshimchalik bilan o‘rnatib olganlik uchun ma’muriy javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutadi. Qonun fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilishga, harakat xavfsizligini oshirishga hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan.

“O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ham parlament yuqori palatasi a’zolari tomonidan ko‘rib chiqildi. Jinoyat ishlari birlashtirilgan va alohida ish yurituvga ajratilgan taqdirda, dastlabki tergov muddatlarini hisoblash tartibini boshqarish mexanizmini takomillashtirishga hamda qonunda belgilab qo‘yilgan dastlabki tergov muddatlariga rioya etilishi kafolatlarini ta’minlashga qaratilgan mazkur Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilayotgan tuzatishlarga muvofiq, jinoyat ishlari birlashtirilayotganda ular bo‘yicha dastlabki tergov muddati uzoqroq muddat mobaynida tergov qilingan jinoyat ishi bo‘yicha belgilanadi. Bunda shu dastlabki tergov muddati qolgan jinoyat ishlari bo‘yicha tergov ish yuritish muddatlarini ham qamrab oladi. Bunday hollarda yangi qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov muddati hisobga olinmaydi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Senatorlar jamiyatni demokratlashtirish va yangilash borasidagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan boshqa bir qancha qonunlarni ham ko‘rib chiqdilar.

Shu bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati o‘n ikkinchi yalpi majlisining birinchi ish kuni tugadi.

http://uza.uz


 
 
 

© 2004-2009, Nuu.Uz

Âñå ïðàâà çàùèùåíû