E-MAIL
Foydali saytlar

Gov

Press-Service

ZiyoNet

Uza

Uza

www.edu.uz

www.vak.uz

www.pedagog.uz

Umumiy ma`lumotlar

universitet haqida, rasmiy rekvizitlar, nizom, rektorat, universitet tuzilmasi, hukumat qarorlari ijrosi, kengashlar, yangiliklar

Abiturientlar uchun

yo`riqnoma, test topshirish, qabul komissiyasining axborot xizmati, mutaxassisliklar, yo`nalishlar, o`tiladigan darslar, imtiyozlar, ikkinchi mutaxassisliklar, universitet qoidalari

Talabalar uchun

talabalar uchun yo`riqnoma, baholash tizimi, stipendiyalar, magistratura, aspirantura, ijtimoiy muhofaza, talabalar turar joylari, dars jadvallari, kutubxonalar va a'zolik

O`qituvchilar uchun

shartnomalar ko`rinishi, baholash tizimi, malaka oshirish va qayta tayyorlash, o`tkazilayotgan tadbirlar

Ilmiy faoliyat

ilmiy bo`lim, markazlar va laboratoriyalar, konferensiya va seminarlar, himoya hujjatlari, ilmiy ishlar kengashlari, himoyaga oid e`lonlar, talabalarning ilmiy faoliyati, ochiq darslar, innovatsion faoliyat, loyihalar

Xalqaro aloqalar

jalb etilgan sarmoyalar, loyihalar, xorijiy talabalarni o`qitish

Madaniy-ma`rifiy faoliyat

madaniy tadbirlar, madaniyat va ma`rifat markazlari, talabalar hayoti, sport tadbirlari

Axborot resurslari

darsliklar, ma`ruza matnlari, qo`llanmalar, laboratoriya va amaliy ishlar, o`quv uslubiy qo`llanmalar, badiiy asarlar, referatlar, taqdimotlar, magistrlik dissertatsiyalari

Internet resurslar

o`zbek adabiyoti, yubiley, tematik saytlar, fakultet saytlari

Bizning faxrimiz

akademiklar, rektorlar, fan doktorlari, professorlar

Universitet muzeylari

noyob qo`lyozmalar, tarix, geologiya, zoologiya muzeylari

Yangiliklar

fakultetlar va universitet yangiliklari

E`lonlar
 
|
barcha e`lonlar
Farmon

20, 2008


“Fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni o'tash shart-sharoitlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g’risida”

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni.

Keyingi yillarda mamlakatda O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatni o’tash tizimini isloh qilish bo’yicha miqyosi va teranligi jihatidan muhim ahamiyatga ega bo’lgan ishlar amalga oshirildi.

“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g‘risida”gi Qonunga muvofiq fuqarolarning muddatli harbiy xizmatni o’tash muddati o’n ikki oy etib belgilangan.

Fuqarolarni tanlov asosida muddatli harbiy xizmatga olish tizimi yaratilgan, chaqiruv komissiyalarining ishida oshkoralikni va samarali jamoatchilik nazoratini ta’minlash uchun ular tarkibiga mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoatchilik, O’zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Xotin-qizlar qo’mitasi, “Nuroniy” va “Mahalla” jamg’armalarining vakillari kiritilgan.

Muddatli harbiy xizmatni o’tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. Muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilarning lavozim maoshi miqdorlari ikki baravar ko’paytirildi, ular zaxiraga bo’shatilganda beriladigan nafaqa miqdori eng kam ish haqining o’n olti baravarigacha oshirildi. G’ozirgi vaqtda mamlakatimiz oliy o’quv yurtlarida armiyaning mardlik va matonat maktabini o’tagan hamda jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik bo’yicha a’lo natijalarga erishgan 22 mingdan ziyod yoshlar ta’lim olmoqda.

Fuqarolarning muddatli harbiy xizmatni o’tash tizimini takomillashtirish borasida ko’rilgan chora-tadbirlar Qurolli Kuchlarni chaqiriluvchilar bilan to’ldirishni sifat jihatidan yaxshilash imkonini berdi, ularning jismoniy va intellektual rivojlanish darajasi jiddiy ravishda oshdi, aholi orasida harbiy xizmatning obro’-e’tibori tubdan o’zgardi.

Shu bilan birga, fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yiliga ikki marta (bahorda va kuzda) chaqirishning asosan eskicha, armiyaga chaqirishning sovet tizimidan qolgan odatiga tayangan mavjud amaliyoti (o’shanda Qurolli Kuchlarda xizmat qilish muddati 24 oy va undan ko’proqni tashkil etar edi) muddatli xizmatni o’tayotgan harbiy xizmatchilarning o’quv-jangovar tayyorgarligi tizimida katta muammolarni keltirib chiqarib, ularning xizmatni sifatli o’tashiga va harbiy mutaxassislikka o’qitish bo’yicha zamonaviy murakkab dasturlarni to’liq o’zlashtirib olishlariga imkon bermayapti.

Fuqarolarning O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni o’tash shart-sharoitlarini, qo’shinlarning jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarligi hamda safarbarlik jihatdan tayyorligini yanada takomillashtirish maqsadida:

1. O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Qurolli Kuchlar Birlashgan shtabi hamda O’zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining takliflariga rozilik berilsin va 2009 yildan boshlab quyidagilar belgilansin:

O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini Qurolli Kuchlarda muddatli harbiy xizmatga yiliga bir marta – fevral-mart oylarida chaqirish;

belgilangan muddatli harbiy xizmatni o’tab bo’lgan fuqarolarni O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari zaxirasiga mart-aprel oylarida bo’shatish.

2009 yilda belgilangan xizmat muddatlarini o’tab bo’lgan harbiy xizmatchilarni zaxiraga bo’shatish davrida 2008 yil kuzida muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolar ham, istisno tariqasida, zaxiraga bo’shatilsin.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 22 fevralda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g‘risida”gi 99-son qarorida belgilangan fuqarolarni safarbarlik chaqiruvi zaxirasidagi xizmatga qabul qilish va ular tomonidan har oylik harbiy yig’inlarni o’tashning amaldagi tartibi saqlab qolinsin.

2. Mudofaa vazirligi (Q.Berdiyev):

yiliga bir marta belgilangan muddatlarda fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirishni tashkil qilish va o’tkazish hamda muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o’tab bo’lgan harbiy xizmatchilarni zaxiraga bo’shatish borasidagi zarur tadbirlar kompleksini amalga oshirishni;

muddatli harbiy xizmatni o’tash davrida harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarlik dasturlarini, harbiy ixtisoslarni sifatli o’zlashtirib olishini, shuningdek, axborot-kompyuter texnologiyalariga asoslangan ta’limning zamonaviy shakl va uslublarini keng joriy etishni;

muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilarni, safarbarlik chaqiruvi zaxirasi xizmatchilarini jismoniy va ma’naviy kamol toptirishga, ularda Vatanga muhabbat va uning himoyasiga shay turish ruhiga asoslangan mukammal xarakterni, qat’iy hayotiy dunyoqarashni shakllantirishga yo’naltirilgan ma’naviy-axloqiy hamda vatanparvarlik tarbiyasi tizimining samaradorligini yanada oshirishni ta’minlasin.

3. Vazirlar Mahkamasi (Sh.Mirziyoyev) Mudofaa vazirligi (Q.Berdiyev), Ichki ishlar vazirligi (B.Matlyubov) va Milliy xavfsizlik xizmati (R.Inoyatov), Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda mudofaa ishlari boshqarmalari chaqiruv punktlari, chegara qo’shinlari va MXX harbiy qismlari, IIV Qorovul qo’shinlari o’quv punktlari infratuzilmasini takomillashtirishga, ularni moddiy-texnik ashyolar, tibbiyot uskunalari bilan jihozlashga, Qurolli Kuchlarni zamonaviy talablarga mos kiyim-kechak va oziq-ovqat bilan ta’minlash masalalarini hal etishga yo’naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

4. Moliya vazirligi (R.Azimov), Iqtisodiyot vazirligi (B.Xo’jayev) fuqarolarni yiliga bir marta muddatli harbiy xizmatga chaqirishni tashkil etish va ta’minlashning maqsadli vazifalarini amalga oshirish uchun hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmatni o’tashda mudofaa, ichki ishlar vazirliklari va Milliy xavfsizlik xizmatini byudjetdan moliyalash tartibi va parametrlariga ularning asoslangan hisob-kitoblari bo’yicha aniqlik kiritsin.

5. O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.Xadjayev), O’zbekiston Milliy axborot agentligiga (M.G’azratqulov) O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, ayniqsa, yoshlar o’rtasida fuqarolarni xizmatga chaqirish va ularning muddatli harbiy xizmatni o’tash tartibi to’g‘risidagi qonun hujjatlarini keng tushuntirish ishlarini tashkil etish hamda o’tkazish tavsiya etilsin.

6. Adliya vazirligi (R.Muhitdinov) Mudofaa vazirligi (Q.Berdiyev) bilan birgalikda 2009 yilning 1 yanvarigacha muddatda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga ushbu Farmon talablariga muvofiq o’zgartish va qo’shimchalar to’g‘risida takliflar kiritsin.

7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi Kotibi M.Atayev zimmasiga yuklansin.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 2008 yil 20 noyabr


 
 
 

© 2004-2009, Nuu.Uz

Âñå ïðàâà çàùèùåíû