E-MAIL
Foydali saytlar

Gov

Press-Service

ZiyoNet

Uza

Uza

www.edu.uz

www.vak.uz

www.pedagog.uz

Umumiy ma`lumotlar

universitet haqida, rasmiy rekvizitlar, nizom, rektorat, universitet tuzilmasi, hukumat qarorlari ijrosi, kengashlar, yangiliklar

Abiturientlar uchun

yo`riqnoma, test topshirish, qabul komissiyasining axborot xizmati, mutaxassisliklar, yo`nalishlar, o`tiladigan darslar, imtiyozlar, ikkinchi mutaxassisliklar, universitet qoidalari

Talabalar uchun

talabalar uchun yo`riqnoma, baholash tizimi, stipendiyalar, magistratura, aspirantura, ijtimoiy muhofaza, talabalar turar joylari, dars jadvallari, kutubxonalar va a'zolik

O`qituvchilar uchun

shartnomalar ko`rinishi, baholash tizimi, malaka oshirish va qayta tayyorlash, o`tkazilayotgan tadbirlar

Ilmiy faoliyat

ilmiy bo`lim, markazlar va laboratoriyalar, konferensiya va seminarlar, himoya hujjatlari, ilmiy ishlar kengashlari, himoyaga oid e`lonlar, talabalarning ilmiy faoliyati, ochiq darslar, innovatsion faoliyat, loyihalar

Xalqaro aloqalar

jalb etilgan sarmoyalar, loyihalar, xorijiy talabalarni o`qitish

Madaniy-ma`rifiy faoliyat

madaniy tadbirlar, madaniyat va ma`rifat markazlari, talabalar hayoti, sport tadbirlari

Axborot resurslari

darsliklar, ma`ruza matnlari, qo`llanmalar, laboratoriya va amaliy ishlar, o`quv uslubiy qo`llanmalar, badiiy asarlar, referatlar, taqdimotlar, magistrlik dissertatsiyalari

Internet resurslar

o`zbek adabiyoti, yubiley, tematik saytlar, fakultet saytlari

Bizning faxrimiz

akademiklar, rektorlar, fan doktorlari, professorlar

Universitet muzeylari

noyob qo`lyozmalar, tarix, geologiya, zoologiya muzeylari

Yangiliklar

fakultetlar va universitet yangiliklari

Yangiliklar
 
|
barcha yangiliklar
Barkamol avlodga qanot berayotgan ilm maskani

28, 2010


Mamlakatimizdagi eng yirik oliy o‘quv yurti Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti maqomini olganiga o‘n yil to‘ldi.
Ilmu ma’rifat, ta’lim-tarbiya jamiyat taraqqiyotini belgilaydigan eng qudratli omillardan. Istiqlolning dastlabki yillaridan Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimiz mustaqil taraqqiyot yo‘lini davom ettirishga qodir, zamon talabiga javob bera oladigan mutaxassis kadrlar tayyorlash masalasiga ustuvor ahamiyat berilayotgani bugun o‘zining yuksak samaralarini bermoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida tashkil etilgan uzluksiz ta’lim tizimi, har tomonlama bilimli, intellektual salohiyati, ma’naviyati yuksak, barkamol avlodni shakllantirish mexanizmi mamlakatimizda kuchli demokratik davlat barpo etish va rivojlantirishning muhim omili bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bu ezgu sa’y-harakatlarda, yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlashda nafaqat mamlakatimiz, balki mintaqamizdagi eng ko‘hna bilim dargohlaridan biri – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining alohida o‘rni bor. Milliy universitet rektori, Oliy Majlis Senati a’zosi, professor G‘afurjon Muhamedov bilan O‘zA muxbirining suhbati shu haqda bo‘ldi.
– Vatan va millat istiqboli yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan taraqqiyparvar ajdodlarimiz, ziyolilar tashabbusi bilan 1918 yilda tashkil etilgan mazkur ziyo maskanida mustaqillik sharofati bilan yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishning butunlay yangi bosqichi boshlandi, – deydi G‘.Muhamedov. – Mamlakatimiz ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish, rivojlanib borayotgan iqtisodiyot tarmoqlari, demokratiya yo‘lidan borayotgan jamiyatimiz hayotining barcha jabhalari uchun mutaxassis kadrlar tayyorlashda universitetimiz yetakchi oliy ta’lim muassasasiga aylandi.

Yurtboshimiz tashabbusi bilan buyuk olim va mutafakkir Mirzo Ulug‘bek nomi berilgan ushbu universitetda ta’lim va tarbiyani uyg‘un holda olib borish, yoshlarni intellektual salohiyati yuqori, ayni paytda istiqlol g‘oyalariga sadoqatli, vatanparvar va fidoyi insonlar etib tarbiyalashning samarali milliy mexanizmini yaratish ustida faol ish olib borilmoqda. Prezidentimizning 2000 yil 28 yanvarda qabul qilingan farmoniga muvofiq mazkur oliy o‘quv yurtiga O‘zbekiston Milliy universiteti maqomi berildi.

Bu dargohdan dunyoga mashhur olimlar, davlat arboblari yetishib chiqqan. Universitetimizda jahon ilm-fani rivojiga katta hissa qo‘shgan, fanning ko‘plab sohalari izchil taraqqiy etgan ilmiy maktablar yaratilgan. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan bu ilm va oliy ta’lim maskanining yuksak mavqeini, mamlakatimiz ta’lim va ilmiy-tadqiqot tizimini shakllantirishdagi muhim o‘rni hamda xalqaro nufuzini tiklash va rivojlantirish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi.

Prezidentimizning qarori bilan 2008 yilda yurtimizda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 90 yilligi keng nishonlandi. Shu munosabat bilan poytaxtimizda o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada nafaqat mamlakatimiz, ayni paytda mintaqa va jahon ilm-fani rivojida Milliy universitetimiz alohida o‘rin tutishi ta’kidlandi.

– Milliy universitetda ta’lim tizimini, zamonaviy ilm-fan sohalarini rivojlantirish borasida erishilayotgan natijalar xususida ham to‘xtalib o‘tsangiz.

– O‘tgan yillar davomida universitetimiz ilmiy salohiyatini oshirish, ta’lim va tarbiyaning samarali usullarini tatbiq etish, jahon andozalariga mos fundamental tadqiqotlar olib borish, fanning muhim sohalari bo‘yicha yangi ilmiy maktablarni shakllantirish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Ayni paytda universitetda 38 yo‘nalish va 109 mutaxassislik bo‘yicha bakalavr va magistrlar tayyorlanmoqda. Dorilfununning 13 fakultetida o‘n mingdan ziyod talaba davlat ta’lim standartlari, ta’lim-tarbiyaning ilg‘or yutuqlari asosida tahsil olmoqda, yuzlab aspirant va doktorantlar ilmiy izlanish olib bormoqda. Universitetda faoliyat ko‘rsatayotgan mingga yaqin professor-o‘qituvchining yigirmadan ziyodi akademik, 200 nafardan ortig‘i fan doktori, qariyb 600 nafari fan nomzodi ekani ham uning yuqori mavqeidan dalolat beradi.

Bu katta ilmiy dargohga Milliy universitet maqomi berilishi tufayli ta’lim-tarbiya, ilm-fan jarayoni yangi bosqichga ko‘tarildi. Buni professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati, o‘qitish sifati va samaradorligi tobora oshib borayotganida ham ko‘rish mumkin. Bunda davlatimiz tomonidan professor-o‘qituvchilar va talabalarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik muhim omil bo‘layotir.

Hayotimizning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanish jarayonlaridan kelib chiqib, universitetda kadrlar tayyorlash, jamiyatning yangi muhim ehtiyojlari uchun mutaxassislar yetkazib berish bo‘yicha yondashuvlar ham takomillashib bormoqda. Bugungi taraqqiyotimiz uchun ustuvor ahamiyatga ega bioinformatika, genetika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter lingvistikasi, ekologiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik kabi bir qancha yangi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

Ayni vaqtda universitetda biologiya, kimyo, geologiya, matematika, fizika, filologiya va ilm-fanning boshqa qator zamonaviy sohalarida fundamental tadqiqotlar olib borilmoqda. 16 ilmiy laboratoriya va o‘ndan ortiq o‘quv-ilmiy markazda professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va iqtidorli talabalar zamonaviy ilm-fan darajasida yangi-yangi yutuqlarni qo‘lga kiritayotir. Jumladan, o‘tgan o‘n yil davomida universitet ilmiy-tadqiqot bo‘limi tomonidan yuzdan oshiq davlat granti, o‘nga yaqin innovatsion dasturlar orqali raqobatbardosh, jahon andozalariga mos mavzularda izlanishlar olib borildi.

Universitetimiz olimlarining ilmiy-tadqiqot ishlaridan qirqdan ortig‘i ishlab chiqarishga tatbiq etildi. Har yili amaliy hamda innovatsiya loyihalari doirasida mustaqil tadqiqotlar o‘tkazilib, ishlab chiqarish korxonalaridan o‘ndan oshiq buyurtma qabul qilinadi.

Universitet dotsenti Rustam Yusupov va aspirant Erkin Egamberdiyev tomonidan kashf etilgan yangi mineral Jahon minerallarni nomlash nomenklaturasi assotsiatsiyasi tomonidan 2008 yilda ro‘yxatga olindi. Bular Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan universitetmizdagi ilmiy maktablar faoliyatini izchil davom ettirish va takomillashtirishga qaratilgan ulkan e’tibor samarasidir.

– Bugun yoshlarimizning iqtidori, bilim va dunyoqarashi har tomonlama oshib bormoqda. Bu borada olib borilayotgan ishlar haqida gapirib bersangiz.

– Universitetda talabalar orasidan eng iqtidorlilarini aniqlash, ular bilan individual ish olib borish va o‘z qiziqishi bo‘yicha salohiyatini namoyon etishi uchun sharoit yaratish doimiy e’tiborda. So‘nggi o‘n yil ichida 50 nafarga yaqin talaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va boshqa nufuzli stipendiyalar sohiblari, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari bo‘lgani, har yili o‘ndan ortiq iste’dodli yigit-qiz respublika fan olimpiadasining yuqori o‘rinlarini qo‘lga kiritayotgani ana shu ezgu sa’y-harakatlar tufaylidir.

Mexanika-matematika fakulteti 2-kurs magistranti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohibi Sherzod Murodov ulardan biri. U universitetdagi ilmiy tajribadan keng foydalanib, matematikaning dolzarb yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy ish olib bormoqda. Mazkur fakultetda tahsil olayotgan yana bir talaba – Rustam Turdiboyev 2009 yilda Budapesht shahrida universitetlar talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro matematika olimpiadasida 2-o‘rin sohibi bo‘ldi.

Universitetning informatsion texnologiyalar o‘quv-ilmiy markazida talabalar kompyuter va axborot texnologiyalari borasida bilimini oshirishi, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Buning samarasida iqtidorli talabalarimiz tomonidan qator kompyuter dasturlari tayyorlandi. Kompyuter texnologiyalari va programmalashtirish bo‘yicha har yili o‘tkaziladigan jahon chempionatida universitetimiz jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Ilmiy yo‘nalishlar va mutaxassis-kadrlar tayyorlash imkoniyatlari ham kengayib bormoqda. Universitet huzurida Oliy pedagogika instituti, Amaliy fizika ilmiy-tekshirish instituti, Oliy adabiyot hamda Oliy jurnalistika kurslari, O‘quv-amaliyot, Ijtimoiy tadqiqotlar, Amaliy ekologiya va tabiatdan unumli foydalanish markazlari, Madaniyat saroyi faoliyat ko‘rsatmoqda. Fundamental fanlarni chuqur o‘rganishga ixtisoslashgan ikkita akademik litsey har yili yuzlab iqtidorli yoshlarga qanot bermoqda.

Universitetimiz zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan mustahkam o‘quv-ilmiy laboratoriya bazasi va ilmiy kutubxonaga ega. Unda 3 milliondan ortiq kitob mavjud. Bu yerda tashkil etilgan yirik axborot-resurs markazida internetga ulangan kompyuter sinflari, ko‘plab adabiyotlar, jumladan, elektron shakldagi darsliklar, mamlakatimiz va chet elda chop etilayotgan ilmiy jurnallar, davriy nashrlar bor. Bunday markazlar har bir fakultetda ishlab turibdi.
So‘nggi yillarda universitetimiz olimlari tomonidan oltmishdan ortiq darslik, besh yuzdan ziyod o‘quv-uslubiy qo‘llanma tayyorlandi. Boshqa o‘quv yurtlari mutaxassislari bilan hamkorlikda ta’lim tizimining barcha bosqichlari uchun ikki yuzdan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalari chop etildi.

Universitetimiz Fransiya, Belgiya, Chexiya, Xitoy, Germaniya va Rossiya kabi davlatlardagi yetakchi ilmiy muassasalar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Ayni paytda o‘ttizdan ortiq mamlakatdagi universitetlar bilan talaba, aspirant va professor-o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashuvi, malaka oshirish va amaliyot o‘tashi yo‘lga qo‘yilgan.

– Ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlarga ham to‘xtalib o‘tsangiz.

– Yoshlarga puxta bilim berish bilan bir qatorda, intellektual salohiyatini oshirish, ma’naviyatini yuksaltirish, ular qalbida istiqlol g‘oyalariga sadoqat, vatanparvarlik va fidoyilik tuyg‘ularini kamol toptirish bugungi globallashuv jarayonlarida dolzarb ahamiyatga ega. Shundan kelib chiqqan holda, universitetda ta’lim va tarbiyani uzviy olib borish, talabalar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratilayotir.

Universitetimizning Ma’naviyat va ma’rifat markazida talabalar bilan muntazam ish olib borilib, ularni yuksak ma’naviyatli insonlar etib tarbiyalashning samarali metodik-uslubiy yo‘llari hayotga izchil tatbiq etilmoqda. Professor-o‘qituvchilarimiz tomonidan Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarini barcha oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha ilmiy-metodik qo‘llanma, elektron darslik ishlab chiqildi.

Talabalarda sog‘lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish kadrlar tayyorlashning uzviy qismidir. Ayni paytda universitetimizning 19 sport seksiyasida yigit-qizlar sportning o‘nlab turlari bilan shug‘ullanmoqda. «Yoshlik» talabalar shaharchasida Suv sporti saroyi barpo etildi, stadionlar, suzish havzalari, sport zallari va maydonlari ta’mirlanib, xalqaro talablarga muvofiq jihozlandi. O‘tgan yillarda universitetimiz jismoniy tarbiya kafedrasida tarbiyalangan o‘nlab sportchilar jahon chempionatlari, olimpiya o‘yinlarida yuqori o‘rinlarga sazovor bo‘ldilar.

Ayni kunlarda universitetimizga Milliy universitet maqomi berilganining 10 yilligi munosabati bilan ko‘plab tadbirlar tashkil etilayotir. O‘quv-uslubiy va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda olib borilayotgan bunday tadbirlar mazmun-mohiyatiga ko‘ra yoshlar qalbida istiqlol g‘oyalariga sadoqat, vatanparvarlik tuyg‘ularini tarbiyalash, jamiyatning ilmiy-madaniy salohiyatini yuksaltirish, ta’lim tizimini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirishga xizmat qiladi.


 
 
 

© 2004-2009, Nuu.Uz

Âñå ïðàâà çàùèùåíû