Umumiy ma`lumotlar
universitet haqida, rasmiy rekvizitlar, nizom, rektorat, universitet tuzilmasi, hukumat qarorlari ijrosi, kengashlar, yangiliklar
Abiturientlar uchun
yo`riqnoma, test topshirish, qabul komissiyasining axborot xizmati, mutaxassisliklar, yo`nalishlar, o`tiladigan darslar, imtiyozlar, ikkinchi mutaxassisliklar, universitet qoidalari
Talabalar uchun
talabalar uchun yo`riqnoma, baholash tizimi, stipendiyalar, magistratura, aspirantura, ijtimoiy muhofaza, talabalar turar joylari, dars jadvallari, kutubxonalar va a'zolik
O`qituvchilar uchun
shartnomalar ko`rinishi, baholash tizimi, malaka oshirish va qayta tayyorlash, o`tkazilayotgan tadbirlar
Ilmiy faoliyat
ilmiy bo`lim, markazlar va laboratoriyalar, konferensiya va seminarlar, himoya hujjatlari, ilmiy ishlar kengashlari, himoyaga oid e`lonlar, talabalarning ilmiy faoliyati, ochiq darslar, innovatsion faoliyat, loyihalar
Xalqaro aloqalar
jalb etilgan sarmoyalar, loyihalar, xorijiy talabalarni o`qitish
Madaniy-ma`rifiy faoliyat
madaniy tadbirlar, madaniyat va ma`rifat markazlari, talabalar hayoti, sport tadbirlari
Axborot resurslari
darsliklar, ma`ruza matnlari, qo`llanmalar, laboratoriya va amaliy ishlar, o`quv uslubiy qo`llanmalar, badiiy asarlar, referatlar, taqdimotlar, magistrlik dissertatsiyalari
Internet resurslar
o`zbek adabiyoti, yubiley, tematik saytlar, fakultet saytlari
Bizning faxrimiz
akademiklar, rektorlar, fan doktorlari, professorlar
Universitet muzeylari
noyob qo`lyozmalar, tarix, geologiya, zoologiya muzeylari
Yangiliklar
fakultetlar va universitet yangiliklari
10, 2010
An`anaga ko`ra 9 fevral kuni poytaxtimizdagi shoir nomi bilan ataluvchi O`zbekiston Milliy bog`i erta tongdanoq yozuvchi va shoirlar, olimlar, madaniyat va san`at namoyandalari, o`qituvchilar, ma`naviyat targ`ibotchilari, talaba-yoshlar, vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari, yurtimizdagi xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillari bilan gavjum bo`ldi.
O`zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov, navoiyshunos olim, akademik Aziz Qayumov, O`zbekiston xalq artisti Afzal Rafiqov Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida erkin, adolatli va farovon hayot barpo etish jarayonida Vatanimiz mustaqilligining ma`naviy asoslarini mustahkamlash, yoshlarni teran tafakkur, yuksak ma`naviyat sohiblari etib tarbiyalash yuzasidan amalga oshirilayotgan keng ko`lamli ishlar o`zining yuksak samaralarini berayotganini ta`kidladi.
Bu jihatlar ulug` allomalarimiz, jumladan, Alisher Navoiyning boy badiiy-ilmiy merosini asrab-avaylash, atroflicha o`rganish va undan navqiron avlodni ona Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g`oyalariga sadoqat, tariximizga hurmat ruhida tarbiyalashda keng foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarda yaqqol namoyon bo`lmoqda. Shoir asarlarida tarannum etilgan insonparvarlik, bag`rikenglik, saxovat, mehr-muruvvat g`oyalari yurtimizda barkamol avlodni voyaga yetkazishda, ijtimoiy adolat, bunyodkorlik, yaratuvchanlik sohalarida erishayotgan ulkan muvaffaqiyatlarda o`zining yorqin ifodasini topmoqda.
Turkmanistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Sulton Pirmuhamedov Alisher Navoiy ijodi asrlar osha insoniyatni ezgulik, poklik, hamjihatlik, tinchlik, ahillik, kamolot sari undab kelayotganini ta`kidladi. Shu bois uning asarlari butun bashariyatning, jumladan, turkman xalqining ham ma`naviy mulkiga aylangan. Ulug` shoirning asarlari jahon xalqlari tomonidan katta qiziqish bilan o`rganilmoqda, ko`plab xorijiy tillarga tarjima qilinmoqda, nashr etilmoqda.
Shoir haykali poyiga gullar qo`yildi.
Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.Sultonov, O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari A.Oripov, Toshkent shahar hokimi A.To`xtayev ishtirok etdi.
Shu kuni poytaxtimizdagi Shoirlar xiyobonida mushoira bo`lib o`tdi.
Alisher Navoiyning ijodiy merosiga bag`ishlangan ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar, navoiyxonlik kechalari, mushoiralar, adabiyot haftaliklari, ilmiy anjumanlar Qoraqalpog`iston Respublikasi, barcha viloyatlar, poytaxtimizdagi ta`lim maskanlarida, ma`naviyat va ma`rifat dargohlarida, kutubxonalarda, mahallalarda davom etmoqda.
© 2004-2009, Nuu.Uz
Все права защищены












