Umumiy ma`lumotlar
universitet haqida, rasmiy rekvizitlar, nizom, rektorat, universitet tuzilmasi, hukumat qarorlari ijrosi, kengashlar, yangiliklar
Abiturientlar uchun
yo`riqnoma, test topshirish, qabul komissiyasining axborot xizmati, mutaxassisliklar, yo`nalishlar, o`tiladigan darslar, imtiyozlar, ikkinchi mutaxassisliklar, universitet qoidalari
Talabalar uchun
talabalar uchun yo`riqnoma, baholash tizimi, stipendiyalar, magistratura, aspirantura, ijtimoiy muhofaza, talabalar turar joylari, dars jadvallari, kutubxonalar va a'zolik
O`qituvchilar uchun
shartnomalar ko`rinishi, baholash tizimi, malaka oshirish va qayta tayyorlash, o`tkazilayotgan tadbirlar
Ilmiy faoliyat
ilmiy bo`lim, markazlar va laboratoriyalar, konferensiya va seminarlar, himoya hujjatlari, ilmiy ishlar kengashlari, himoyaga oid e`lonlar, talabalarning ilmiy faoliyati, ochiq darslar, innovatsion faoliyat, loyihalar
Xalqaro aloqalar
jalb etilgan sarmoyalar, loyihalar, xorijiy talabalarni o`qitish
Madaniy-ma`rifiy faoliyat
madaniy tadbirlar, madaniyat va ma`rifat markazlari, talabalar hayoti, sport tadbirlari
Axborot resurslari
darsliklar, ma`ruza matnlari, qo`llanmalar, laboratoriya va amaliy ishlar, o`quv uslubiy qo`llanmalar, badiiy asarlar, referatlar, taqdimotlar, magistrlik dissertatsiyalari
Internet resurslar
o`zbek adabiyoti, yubiley, tematik saytlar, fakultet saytlari
Bizning faxrimiz
akademiklar, rektorlar, fan doktorlari, professorlar
Universitet muzeylari
noyob qo`lyozmalar, tarix, geologiya, zoologiya muzeylari
Yangiliklar
fakultetlar va universitet yangiliklari
26, 2010
Ushbu qaror ijrosini ta`minlash maqsadida tegishli vazirlik va idoralar tomonidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Zero, qonunlarning yanada pishiq va puxtaligi, hayotiyligini ta`minlashda tahlil va tajribani uyg`unlashtirish muhim ahamiyatga ega.
Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan tashkil etilgan “Barkamol avlod va xorijdagi konstitutsiyaviy huquqiy tajriba” mavzuidagi davra suhbati ayni shu maqsadga qaratildi. Poytaxtimizda bo`lib o`tgan tadbir Germaniya texnik hamkorlik jamiyatining O`zbekistondagi vakolatxonasi, Gyote institutining Toshkentdagi idorasi hamkorligida uyushtirildi.
Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov yurtimizda yosh avlodning huquq va manfaatlarini himoya qilish davlatimizning doimiy e`tiborida ekanini alohida ta`kidladi. Bu borada milliy qonunchilik asoslari yaratilgan va u xalqaro huquq normalariga to`la mos keladi.
Barkamol avlod yilida yoshlar, shu jumladan, bolalarning huquq va erkinliklarini to`la ta`minlashga qaratilgan, ularning manfaatlariga xizmat qiladigan me`yoriy-huquqiy normalarni takomillashtirish ishlari ko`lami yanada kengaymoqda.
O`zbekiston Respublikasi BMTning Bola huquqlari konvensiyasiga qo`shilgan, mamlakatimizda “Bola huquqlarining kafolatlari to`g`risida”gi qonun qabul qilingan. Mustaqillik yillarida yurtimiz ta`lim tizimi tubdan isloh etildi. Yosh avlodning jismonan kamol topishini ta`minlash maqsadida uch bosqichli sport o`yinlari – “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada musobaqalari muntazam o`tkazib kelinmoqda. Joylarda zamon talablariga mos yuzlab zamonaviy akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bunyod etildi.
Davra suhbatida Germaniya Federativ Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Volfgang Noyen O`zbekistonda yosh avlod kamoloti yo`lida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, 2010 yilning Prezident Islom Karimov tomonidan Barkamol avlod yili deb e`lon qilinishi yuksak samaralar berishini alohida ta`kidladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a`zolari, turli vazirliklar, idoralar, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari, ta`lim muassasalari xodimlari ishtirok etgan tadbirda Germaniyaning konstitutsiyaviy-huquqiy tajribasini o`rganish, O`zbekiston-Germaniya munosabatlarining bugungi holati bilan bog`liq mavzularda fikr almashildi.
© 2004-2009, Nuu.Uz
Âñå ïðàâà çàùèùåíû












