Egamnazarov Nazarmat
Nazarmat (Egamnazarov Nazarmat) 1917 yil Nov qishlogʻida dehqon oilasida tugʻildi. Oʻrta maʼlumotni oʻz qishlogʻida, oliy maʼlumotni Samarqand Davlat universiteti filologiya fakultetida oldi (1936—1941). Urush qatnashchisi, leytenant, vzvod komanderi, moto-oʻqchi batalon komandiri oʻrinbosari (1942—1944), oʻzbek tilida chop etilfdigan harbiy gazeta muhbiri (1945). Orden va medallar bilan taqdirlangan.Nazarmat salkam qirq yil davomida «Qizil Oʻzbekiston» (Oʻzbekiston ovozi) (1947—1954), «Toshkent haqiqati» (1954—1985) gazetalari tahririyatida boʻlim mudiri vazifalarida ishladi.
Shoir
Nazarmatning shoir boʻlishida akasi Ashurmat Nazarovning (1913—1964) taʼsiri kuchli. Shoirning ilk toʻplami — «Yoshlik zavqi» 1941 yilda chop etildi. Shundan beri Nazarmatning 20 ta sheʼriy, 8 ta nasriy, 10 ta tarjima asarlari toʻplamlari chop etildi. Uning «Sir boʻyi - nur boʻyi» (1959), «She'rho» (1977), «Gul va gulxan» (1997), «Zamin chiroyi» (2001) toʻplamlari ijodkorga shuhrat keltirdi.Toʻqson yoshni qoralagan adib Nazarmat hanuz barakali ijod qilmoqda. U Oʻzbekiston Yozuvchilar uyuahmasi Oqsoqollar kengashi raisi, «El yurt hurmati» ordeni, «Jasorat» medali sohibi. Unga «Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi» unvoni berilgan .
Nazarmat katta, ahil oila boshligʻi.