на русском  |  o’zbekcha

Gʻafur Gʻulom

Gʻafur Gʻulom (1903—1966) 1903 yilning 10 mayida Toshkent shahrining Qoʻrgʻontegi mahallasida tugʻilgan. Toʻqqiz yoshida otasidan, oʻn besh yoshida onasidan yetim qolgan Gʻafur Gʻulom avval eski maktabda, soʻngra rus-tuzem maktabida taʻlim olgan.«Shum bola» (1936) avtobiografik qissasida ijodkorning bolaligi, asr boshidagi Toshkent hayoti tiniq tasvirlangan.

«Dinamo» (1931), «Tirik qoʻshiqlar» (1932) toʻplamlarida shoir ruhidagi betakrorlik, milliy oʻziga xoslik aks etdi. Insonga xos mangu tuygʻular «Qish va shoirlar» (1929), «Non» (1931), «Toshkent» (1933), «Qutbda saylov» (1937), «Men Yahudiy» (1941), «Qish» (1941), «Xotin» (1942), «Afsuski, afsusni qoʻshib koʻmmadi» (1945) singari sheʼrlarda aks etdi. «Bogʻ» (1934), «Sogʻinish» (1942), «Kuz keldi» (1945), «Kuzgi koʻchatlar» (1948) singari sheʼrlarida obod bogʻ, saxiy bogʻbon, umiddagi kelajak gavdalanadi. Gʻafur Gʻulomda yurt, xalq, kelajak oldidagi masʼullik Ota timsolida aks etgan «Sen yetim emassan» (1942), «Sogʻinish» (1942), «Biri biriga shogird, biri biriga ustod» (1950), «Sizga» (1947), «Bahor taronalari» (1948) singari sheʼrlarida yurt, xalq, kelajak mas’uliyati tasvirlanadi. «Netay» (1930), «Yodgor» (1936), «Shum bola» (1936—1962) qissalari, «Hiylai sharʼiy» (1930), «Mening oʻgʻrigina bolam» (1965) singari hikoyalarida qahramon xarakterining milliy betakrorligini aks ettirgan.