на русском  |  o’zbekcha

Hamid Olimjon

Hamid Olimjon (1909—1944) Isteʼdodli shoir. Lirik sheʼrlari bilan 20 asr oʻzbek adabiyotiga munosib hissa qoʻshgan. 1909 yilning 12 dekabrida Jizzaxda tugʻilgan. Boshlangʻich taʼlimdan soʻng 20-yillarning oxirida tahsilni Samarqanddagi pedakademiyada davom ettirgan. «Koʻklam» nomli birinchi sheʼriy toʻplami 1928 yilda bosilib chiqqan. Sheʼrlarida lirik pafos yetakchilik qiladi. 30-yillarda shodlik va baxt kuychisi sifatida tanildi.

«Holbuki, tun», «Ofeliyaning oʻlimi», «Qamal qilingan shahar tepasidagi oy», «Ishim bordir oʻshal ohuda» singari goʻzal sheʼrlari mashhur. «Oygul bilan Baxtiyor» (1937), «Semurg‘ yoki Parizod va Bunyod» (1939), «Zaynab va Omon» (1938) kabi dostonlar va «Muqanna» (1942), «Jinoyat» (1944) singari dramalar yozgan. Rus shoir va yozuvchilarining ayrim asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.