Husayn Boyqaro
Husayniy (Husayn Boyqaro)(1438—1506) Taniqli shoir va davlat arbobi. Hirot yaqinida tugʻilgan. 1469 yildan umrining oxirigacha Xuroson podshohi. Uning hukmdorligi yillarida iqtisodiy va madaniy hayot yaxshilangan. Navoiyning maktabdosh doʻsti va homiysi.
Badiiy ijod bilan shugʻullanib, gʻazalnavis shoir sifatida adabiyot tarixida iz qoldirgan. Boburning xabariga koʻra, devonidagi gʻazallari aksariyat bir vaznda (ramali musammani maqsur) yozilgan. Gʻazallarida dunyoviy muhabbatni kuylagan, betakror satrlar yaratgan. Husayn Boyqaro Devon.JPG
«Risola» nomli nasriy asarida Navoiy ijodiga keng va ob’yektiv baho bergan. Husayniy asarlari OʻR FA ShI jamgʻarmasida saqlanadi.
Shoir ijodi bilan E.Rustamov, S.Gʻanieva, E.Ahmadxoʻjaev, A.Erkinov v.b. shugʻullanganlar.