на русском  |  o’zbekcha

Komil Xorazmiy

Komil Xorazmiy (1825—1899) Komil 1825 yilda Xivada tavallud topgan. U Muhammad Rahimxon soniy (Feruz) zamonasida mirzaboshi, devonbegi lavozimlarida ishlagan.

Komil — lirik shoir. Uning lirikasida insoniy muhabbat va fazilatlar ulugʻlanadi. Hajviy sheʼrlarida fuzalo va juhalo qiyoslanadi. «Komil», «Ikki shoʻx» va «Qasidai Navroʻz» kabi maʼrifatparvarlik asarlari muallifi.

Komil — bastakor va musiqashunos sifatida «Murabbai Komil», «Peshravi Feruz» va «Tanbur chizigʻi (notasi)» kabi asarlarni yaratgan.

Tarjimonlik sohasida esa Barxurdor Turkman Mumtozning «Mahfiloro», Safiyning «Latoyif ut-tavoyif», Mirxondning «Ravzat us-safo» singari yirik asarlarini tarjima qilgan.