Lutfiy
Lutfiy (1366—1465) 15 asr oʻzbek sheʼriyati takomilida oʻziga xos oʻringa ega, katta isteʼdod sohibi, «Malikul-kalom» (Navoiy), tuyuq janrining ustasi.
Shoir Hirot yaqinidagi Dehikanor qishlogʻida tugʻilgan, oʻsha joyga dafn qilingan. Shoir hayotiga oid lavhalar Navoiyning «Majolisun-nafois», «Holoti Sayid Hasan Ardasher», «Nasoyimul-muhabbat», Xondamirning «Makorimul-axloq» kabi asarlarida bor.
Lutfiydan katta adabiy meros qolgan. Manbalarda shoirning 20 dan ortiq asar yozgani aytiladi, biroq bizgacha birgina devoni maʼlum (Turkiyaning Koʻniyo shahrida saqlanadi). Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»(1437) asarini Shohruh Mirzoning taklifi bilan sheʼriy tarjima qilgan.
Shoir ijodi bilan Fitrat, E.Rustamov, E.Fozilov, S.Erkinov, Yo.Is'hoqov, E.Ahmadhoʻjaev v.b. shugʻullanganlar.