на русском  |  o’zbekcha

Mahmudxoʻja Behbudiy

Mahmudhoʻja Behbudiy (1875—1919) Behbudiy Turkistonda jadidchilik harakatining rahnamosi. Yoshligida togʻasi Muhammad Siddiq huzurida taʼlim olgan. Keyinchalik mirzalik vazifasida ishlab, soʻngra muftiylik lavozimiga oʻtadi.

Behbudiy Turkistonda jadid maktablarining tolmas targʻibotchisi va tashabbuskorlaridan biri. Turkiy va fors-tojik tilidagi «Risolai jugʻrofiyai umroniy», «Risolai asbobi savod», «Kitobat ul-atfol», «Tarixi islom» kabi maktab kitoblari muallifi.

Behbudiy birinchi oʻzbek dramaturgi va teatr arbobi. «Padarkush» p’esasini yozdi va bu asar Samarqand (1914 15 yanvar), Toshkent (1914 27 fevral)da («Turon» truppasi) sahnalashtirildi.

Behbudiy publitsist sifatida 1901 yildan boshlab Turkiston va hatto undan tashqaridagi koʻplab matbuot namunalarida 300 dan ortiq maqolalar eʼlon qilgan.

1919 yilda Buxoro amiri va rus sovet chekasining xodimi yordamida Qarshida qoʻlga olinib, qatl etilgan. Qarshi shahri 1926—1937 yillar davomida Behbudiy nomi bilan atalgan.