|
|
Mirkarim Osim
Mirkarim Osim (1907—1985) Toshkentda ziyoli oilasida tugʻildi. «Shamsulurfon» maktabida, Narimonov nomli texnikumda (1924) oʻqidi. Sanʼat, adabiyot, milliy tarixga qiziqdi. Maktabda dars berdi, tadqiqot institutida ilmiy xodim boʻldi, matbuot tahririyatlarida ishladi.
Ajdodlarimiz fojeasi
40-yillarning oxirida qatagʻonga uchradi, 50-yillarda ozodikka chiqdi. Tarixiy mavzularda hikoyalar, qissalar yozdi. Asosiy asarlari: «Oʻtror», «Toʻmaris», «Temur Malik]]», «Aleksandr va Spitamen», «Astrobod», «Ulugʻbek va Navoiy», «Zulmat ichra nur», «Aljabrning tugʻilishi», «Singan setor», «Mohlar oyim va Xonposhsha», «Karvon qoʻngʻirogʻi», «Elchilar», «Ibn Sino qissasi». Barcha asarlarida xalq tarixi, nurli siymolar xarakteri yorqin tasvirlanadi. 1985 yil fevralida vafot etdi.
|