E-MAIL
Foydali saytlar

Gov

Press-Service

ZiyoNet

Uza

Uza

www.edu.uz

www.vak.uz

www.pedagog.uz

Bosh sahifa / Madaniy-ma`rifiy faoliyat /

Mirzo Ulug'bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti
"Ma`naviyat va ma`rifat" markazining
N I Z O M I
Markaz universitetda olib boriladigan ma`naviy-ma`rifiy ishlarga raxbarlik qilish, soxaga tegishli me`yoriy xujjatlarda belgilangan ko`rsatmalarni muvofiqlashtirish, bo`limlar, jamoat tashkilotlari va kafedralarning ma`naviyat soxasidagi ilg'or tajribalarini ommalashtirish, zarur ilmiy-uslubiy tavsiyanomalar, adabiyotlar tayyorlash va chop ettirish, talabalarning ma`naviy dunyoqarashini yuksaltirishga qaratilgan turli tadbirlarni amalga oshirish maqsadida tuziladi.
Umumiy qoidalar:
-Markaz universitet rektorining buyrug'i asosida tuziladi;
-Markazning ishchi tarkibi universitetning shu soha bo`yicha Yetakchi mutaxassislar, professor-o`qituvchilar va xodimlaridan tashkil topadi;
-Markaz ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha 1-prorektor raxbarligida faoliyat ko`rsatadi;
-O`z faoliyatini yulga qo`yishda markaz fakultet dekanlari, bo`lim boshliqlari, kafedra mudirlari va kurs murabbiylari bilan xamkorlikda ish olib boradi;
-Markaz Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qoshidagi Ma`naviyat va ma`rifat markazining nizomi asosida ish olib boradi: joriy xamda istiqbolli rejalariga ega bo`ladi.
Markazning maqsadi:
Talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruxida tarbiyalash, ularning ma`naviy, estetik, axloqiy dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil g'ayriinsoniy g'oyalar ta`siridan ximoya qilish hamda mustaqil O`zbekistonning chinakam fidoiysi bo`lib yetishtirishdan iborat.
Markazning vazifalari:
- Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma`naviy, madaniy ishlarga doir tadbirlarni o`tkazish;
- Talaba-yoshlar orasida axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, badiiy tarbiyani shakllantirish ishlarini yo`lga qo`yish;
- Milliy urf-odatlar, qadriyatlar negizida olib borilayotgan anjumanlar, davra suxbatlari, uchrashuvlarni tashkil etish;
- Talabalarning ma`naviy va jismoniy kamolotini yuksaltirish maqsadida qilinadigan ishlarni takomillashtirishga ko`maklashish;
- Universitetda ma`naviy, ma`rifiy va tarbiyaviy ishlarning ustuvor yunalishlarini belgilash, bu borada zarur me`yoriy xujjatlar va tavsiyanomalarni ishlab chiqish;
- Respublika "Ma`naviyat va ma`rifat" markazining shahar, tuman bo`limlari hamda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan jamg'armalar, jamoat tashkilotlari bilan xamkorlikda ma`naviy-ma`rifiy ishlarni takomillashtirishda ishtirok etish.
Markazning huquqlari:
- Fakultetlardagi ma`naviy-ma`rifiy ishlarni nazorat qiladi;
- Ma`naviy-ma`rifiy ishlarga doir vazirlik buyruqlari va ko`rsatmalarining fakultetlardagi ijrosini tekshiradi;
- Dekanning ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha muovinlarini tayinlash hamda vazifalaridan ozod qilishga doir yig'inlarda bevosita ishtirok etadi va o`z takliflari bilan qatnashadi;
- Ma`naviy-ma`rifiy masalalar yuzasidan fakultet dekanlari va kafedra mudirlariga ko`rsatmalar, tavsiyalar beradi;
- Professor-o`qituvchilarning yillik o`quv yuklamalaridagi "Ma`naviy-ma`rifiy ishlar" soxasiga tegishli bandning to`liq bajarilishini nazorat qiladi, baxolaydi;
- Ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha dekan muovinlari olib borgan ishlar yuzasidan har semestr yakunida markaz raxbariga xisobot beradilar;
- Ma`naviy-ma`rifiy ishlarni takomillashtirishda yaxshi tashabbus ko`rsatgan fakultet, bo`lim va kafedra jamoalari faollarini moddiy, ma`naviy rag'batlantirishga doir takliflar, tavsiyalar beradi.

E`lonlar
 
|
barcha e`lonlar
“Barkamol avlodni

“Barkamol avlodni shakllantirish – ma`naviy taraqqiyot omili” mavzusida 2010 - yil 30 aprel soat 10:00 da Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Madaniyat saroyida bo`lib o`tadigan Respublika ilmiy – amaliy konferentsiyasiga taklif etadi.

>>>

O`zbekistonning inno

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti “O`zbekistonning innovatsion taraqqiyoti – yoshlar nigohida” mavzusidagi Respublika ilmiy- amaliy konferentsiyasiga taklif etadi.

>>>

O`zMU Sotsiologiya k

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Falsafa fakultetining Sotsiologiya kafedrasi 2009 yil 17 dekabr kuni soat 14:00 da Sotsiologiya kafedrasining 20 yilligiga bag`ishlangan tadbirga taklif etadi.

>>>

 
 
 

© 2004-2009, Nuu.Uz

Âñå ïðàâà çàùèùåíû