Moniylik tavbanomasi
Moniylik qadimgi turkiy xalqlar e`tiqodida alohida oqim bo`lib, «Xuastuanift» («Moniylik tavbanomasi») uning nazariy manbasi va diniy yodgorligidir. Bu yodgorlik 5-6 asrlarda qadimgi uyg`ur qavmlarida shakllangan.
Moniylik oqimining asoschisi Moniy ibn Fatak (216—277) dir. «Xuastuanift» Moniy jamoasi a`zolarining madhiyasi va nizomi hamdir.
Asar «Avesto»dagi obrazlarni hamda zardushtiylikning keyingi davridagi mifologik qahramonlarni o`z ichiga olgani, bu obrazlarning mohiyatini o`zgartirmagan holda davom ettirgani bilan diqqatga sazovor. Tana sevgisi moddiy olamdagi boyliklarga ruju qo`yishga olib keladi va ruhiy olamdagi boylik — nurdan uzoqlashishga sabab bo`ladi. Moddiy olam esa Moniy jamoasi uchun yovuzlik makonidir. Shu boisdan ham moddiy olam yovuzlik va zulmat bilan uyg`unlashtirilgan holda tasvirlanadi.
Moniylik she`rlarida Moniy shaxsiyati va u yaratgan oqim madh qilinadi. Moniylik oqimidagi qadimgi turk she`riyati Aprinchur tigin kabi shoirlarni yuzaga chiqardi.