на русском  |  o’zbekcha

Muhammad Shayboniy

Muhammad Shayboniy (1451—1510). Taniqli o`zbek shoiri, davlat arbobi, o`zbekxonlar sulolasining asoschisi, «hazrati imomuz-zamon xalifatur-rahmon» (zamona imomi va xalifasi) unvoniga erishgan. Muhammad Shayboniy Shayboniylar deb ataluvchi yirik sulolaning asoschisidir.

Hayoti

Buxoroda tug`ilgan, mashhur hukmdor Abulxayrxonning nabirasi. 1501—1507 yillarda Turkistonda Markazlashgan davlat qurdi. Saroy adabiyotining mavqeini yaxshilashga uringan. U haqda «Tarixi gizida yoki Nusratnoma», Binoiyning «Shayboniynoma», Hasanxoja Nisoriyning «Muzakkiri ahbob», Muhammad Haydarning «Shayboniynoma» va «Boburnoma» asarlarida ma`lumotlar bor. Alisher Navoiy ham o`zining «Majolisun-nafois» asarida shoir asarlari haqida ma`lumot beradi.

Ijodi

«Devon» tartib bergan, u Istanbulda Tirqori saroyi muzeyida saqlanadi, undan ko`chirilgan nusxa O`zMU O`zbek mumtoz adabiyoti kafedrasining qo`lyozmalar jamg`armasida mavjud.

Shoir ijodi yuzasidan xorijiy olimlar F.Ko`prulu, Y.Ekman, O.Akbiyik, Yo.Qorasovning tadqiqotlari ma`lum. O`zbek olimlari E.Axmadxo`jaev va I.Bekjon uning «Bahrul-hudo» nomli qasidasini topishdi. Aspirant Sharipova M. «Shayboniy g`azallari poetikasi» mavzuida nomzodlik dissertatsiyasi (ilm.rahbar prof. H.Boltaboev) tayyorlamoqda.