Muhammad Yusuf
Muhammad Yusuf (1954—2001) — Oʻzbek shoiri. 1954 yil 26 aprelda Andijonning Marhamat tumanida tugʻildi. Toshkentdagi rus tili va adabiyoti institutini tamomladi (1978). Respublika kitobsevarlar jamiyatida (1978—1980), «Toshkent oqshomi» gazetasida (1980—1986), Adabiyot va sanʼat nashriyotida, «O`zbekiston ovozi» gazetasida (1986—1993) ishladi.Umrining oxirgi 4-5 yilida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi boʻldi. U «Tanish teraklar» (1985), «Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo» (1988), «Uyqudagi qiz» (1989), «Halima enam allalari» (1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko`nglimdagi yor» (1991), «Bevafo ko`p ekan» (1991), «Erka kiyik» (1992), «Yolg`onchi yor» (1994), «Osmonimga olib ketaman» (1998) toʻplamlarining muallifi. 1998 yilda unga «O`zbekiston xalq shoiri» unvoni berildi. U II chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga deputat qilib saylandi. 2001 yilda «Saylanma» asarlari chop etildi. M. Yusuf sheʼrning qoʻshiqqa aylanishi, yuksak parvoz qilishini koʻrsata oldi. Shoir sheʼrlaridagi har bir soʻzda qanoat, parvozga shaylik bor.
Ulugʻvor muhabbat, oʻtalmagan burch, qadrlanmagan sevgi armoni, Yurtga oʻgʻillik sadoqati — shoir sheʼrlari asosini belgilaydi.
M. Yusuf 2001 yil 29 iyulda vafot etdi, tugʻilgan qishlogʻidagi qabristonga dafn etildi.