Muqimiy
Muqimiy (1850—1903) Muqimiy milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri.
Muqimiy lirik shoir. Muhabbat mavzusi uning lirikasida asosiy oʻrin tutadi. «Oshiq boʻlibman», «Ayrilmasun», «Oʻzim har joydaman», «Aqlu hush uchdi boshimdin…» kabi sheʼrlari bunga misol.
Shoir ijodida satira va hajv ham katta oʻrin egallaydi . «Tanobchilar», «Toʻy», «Saylov», «Moskovchi boy taʼrifida», «Hajvi Viktor boy», «Voqeai Viktor» kabi asarlarida Muqimiy oʻz zamonasining ijtimoiy illatlarini keskin tanqid ostiga oladi.
Shuningdek, Muqimiy milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyotida maʼlum gʻoyaviy va badiiy xususiyatlarga ega boʻlgan «Sayohatnoma» janrini boshlab bergan.
«Sayohatnoma»lardan
Zulm Ila Qahru Gʻazab
Zulm ila qahru gʻazab izhor qilmoq shunchalar,Oshiqi bechoraga ozor qilmoq shunchalar.
Gul debon sevgon kishining koʻkragiga nish urib,
Xasta-yu maʼyus etib, afgor qilmoq shunchalar.
Toʻtiyi shirinsuxan agʻyorlarning bazmida,
Bizga kelganda gapirmay, zor qilmoq shunchalar.
Sizga kim aydi: muhabbat ahlini qil ihtisob,
Qoʻrqutib oʻy aybiga iqror qilmoq shunchalar.
Garchi kelsa, eski toʻn, bizdek duogoʻyi faqir,
Kambagʻalning xirqasidan or qilmoq shunchalar.
Har balo-yu, jabr kelsa, yonmagay hargiz, Muqim,
Oshiq ahlini urubon xor qilmoq shunchalar.
Toleim
Ohkim, afsus, emas har ishda rahbar toleim,Vojgundur, imtihon qildimki, aksar toleim.
Yuz tarafdin yetkurub gardi kudurat, zangi gʻam,
Aylagay oinayi tab’im mukaddar toleim.
Har necha qilsam tavallo — zori qilmas, iltifot,
Roʻyigardon teskari, tobora badtar toleim.
Roʻzgorim tiyra, iqbolim zabun, baxtim qaro,
Boʻlsa ravshan, bormukin tadbiri digar toleim?
Nogahon bersam, Muqimiy, bir musulmonga salom,
Daf’atan ikki qulogʻini qilur kar, toleim.