Oʻtkir Hoshimov
Oʻtkir Hoshimov Taniqli oʻzbek yozuvchisi va jamoat arbobi. 1941 yili 4 avgustda Toshkentda Doʻmbirobod mahallasida tugʻilgan. Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetida oʻqigan. Turli tahririyat va nashriyotlarda ishlagan. Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qoʻmita raisi.«Choʻl havosi» nomli birinchi qissasi 1963 yilda bosilib chiqqan. Talabchan adib Abdulla Qahhorning eʼtiboriga sazovor boʻlgan. «Urushning soʻnggi qurboni», «Yanga», «Muhabbat», «Dehqonning bir kuni», «Umr savdosi», «Quyosh tarozusi», «Oq bulut, oppoq bulut» singari oʻnlab hikoyalari, «Shamol esaveradi» (1968), «Bahor qaytmaydi» (1970), «Qalbingga quloq sol» (1973), «Dunyoning ishlari» (1982), «Ikki karra ikki-besh» (1987) qissalari, «Nur borki, soya bor» (1976), «Ikki eshik orasi» (1985), «Tushda kechgan umrlar» (1993) kabi romanlar yozgan. Adib asarlarida zamonaviy oʻzbek xalqining maʼnaviy dunyosi, milliy ruhi, urf-odatlari tasvirlangan.
«Toʻylar muborak», «Sizdan ugina, bizdan bugina», «Vijdon dorisi», «Inson sadoqati», «Qatagʻon» singari pesalar muallif. U E. Xemenguey, K. Simonov, A. Kuprin va boshqa adiblarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.