на русском  |  o’zbekcha

Oydin Hojieva

Oydin Hojieva 1942 yil 22 aprelda Navoiyning Qiziltepa tumanidagi Hojayi Boʻston qishlogʻida tugʻildi. 1965 yilda ToshDU (hozirgi OʻzMU)ning filologiya fakultetini bitirdi.

Uning birinchi mashq sheʼri 1953 yili tuman gazetasida chop etildi.

1961 yili «Saodat» (avvalgi «Oʻzbekiston xotin-qizlari») jurnalida shoiraning «Tongni qarshilab» sheʼri bosildi. 1971 yilda «Shabnam», «Men sevgan qoʻshiq» (1972), «Orzu guli» (1973), «Manzillar» (1971), «Tarovat» (1975), «Navo» (1977), «Mushfiq onajon» (1983), «Javoronok» (1984), «Tamal toshi» (1988), «Oʻryukovoy kost» (1985), «Ishonch yulduzlari» (1989), «Chashmalarni izlayman» (1986), «Osnova» (1987), «Koʻzimning oqu qorasi» (1996), «Panohim» (1998) kabi yigirmadan ortiq sheʼriy va publitsistik toʻplamlari nashr etilgan.

Ayol qalbining nozik kechinmalarini ifodalovchi sheʼr va dostonlari bilan muxlislar eʼtiboriga tushdi. U «Sharq Yulduzi» (1965-76), «Saodat» jurnallarida (1976-85) boʻlim mudiri, «Gulxan» oynomasining muharriri (1985-94) boʻldi.

1992 yilda «Oʻzbekiston xalq shoiri» unvoni berildi. U «El-yurt hurmati» ordeni sohibasi (1999), 1994 yildan «Saodat» (unga ilova «Gulchehralar» gazetasi) ning bosh muharriri. Asarlari rus, urdu, ingliz, frantsuz, tojik, ukrain tillariga tarjima qilingan.