на русском  |  o’zbekcha

Sakkokiy

Sakkokiy 15 asr sheʼriyatining isteʼdodli vakillaridan biri. Mumtoz adabiyot taraqqiyotida gʻazalgoʻy va qasidanavis shoir sifatida mashhur. Movaraunnahrda tugʻilgan, hayotining asosiy qismini Samarqandda Shohruh Mirzo va Ulugʻbek saroyida oʻtkazgan.

Sakkokiyning gʻazal va qasidalardan iborat devoni yetib kelgan. Adabiyot tarixida qasida janrining asoschilaridan biri sifatida iz qoldirgan. Sakkokiy 11 qasida (5 tasi Ulugʻbekka, Xalil Sulton, Xoja Muhammad Porso, Arslon Xoja Tarxonlar v.b.) yozgan va zamonasining ulugʻ shaxslarini madh etgan.

Sakkokiy gʻazallarining oʻziga xosligi samimiy va ohangdorligida. Shoir gʻazallarining asosiy qahramoni oshiq, magʻshuqa va raqib timsollari.