на русском  |  o’zbekcha

Sayfi Saroyi

Sayfi Saroyi (1321—1396) Oʻzbek mumtoz adabiyotining isteʼdodli vakillaridan biri. Xorazm yaqinidagi Qamishli qishlogʻida tugʻilgan. Oltin Oʻrda davlatining poytaxti Saroy shahrida yashagan, hayotining soʻnggi yillarini Misrda oʻtkazgan va u yerda vafot etgan.

Bizgacha shoirning adabiy merosidan bir necha gʻazallari, qasida, qitʼa, ruboiylari, «Suhayl va Guldursun» dostoni (1394) hamda Saʼdiy Sheroziyning asarining tarjimasi «Gulistoni bit-turkiy»(1390-91) yetib kelgan. Ayrim asarlari Istanbulda (1926) «Turk adabiyoti namunalari»da berilgan.

«Suhayl va Guldursun» dostoni oʻzbek epik sheʼriyati taraqqiyotida oʻz oʻrniga ega. Doston xalq afsonasi «Guldursun» asosiga qurilsa-da, unda real tarixiy voqealar, yaʼni Amir Temurning Xorazmga yurishi ham aks etgan.