Shukur Holmirzaev
Shukur Holmirzaev Isteʼdodli oʻzbek yozuvchisi. 194O yilning 24 martida Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi Shahidlar qishlogʻida tugʻilgan. 1957—1962 yillarda ToshDU (hozirgi OʻzMU)ning filologiya fakultetiga oʻqigan. Soʻng Toshkentdagi bir qator nashriyot va gazeta-jurnallarning tahririyatlarida ishladi.«Oq otli» nomli birinchi qissasi 1962 yilda bosilgan. Ikkinchi asari — «Toʻlqinlar» (1963) Abdulla Qahhor tahsiniga sazovor boʻldi. «Oʻn sakkizga kirmagan kim bor» (1964), «Taqdir bashorati» (1968), «Yoʻllar, yoʻldoshlar» (1973), «Yur, togʻlarga ketamiz» (1976), «Choʻloq turna» (1978), «Tuproq koʻchalar» (1978), «Qush tili» (1982), «Qahramonning soʻnggi kunlari» (1984), «Togʻlarga qor tushdi» (1986), «Abdulla Nabi oʻgʻlining soʻnggi kunlari» (1983), «Esiz, Eshniyoz!» (1988), «Bulut toʻsgan oy» (1997) qissalari, «Soʻnggi bekat» (1976), «Qil koʻprik» (1984), «Olaboʻji»(1991), «Dinozavr» (1996) kabi romanlari, «Qora kamar» (1989) nomli dramasi, «Yovvoyi gul», «Bahor oʻtdi», «Bitiktosh», «Ozodlik», «Oʻzbeklar», «Hayot abadiy», «Ogʻir tosh koʻchsa», «Ustoz», «Koʻk dengiz», «Tabassum», «Shudring tushgan bedazor», «Boychechak ochildi», «Otning egasi», «Navroʻz, navroʻz» singari oʻnlab hikoyalari va boshqa koʻplab asarlari nashr qilingan.
Sh. Xolmirzaev asarlarida oʻzbeklarga xos milliy xarakter, inson va tabiat munosabatlari teran badiiy talqin qilingan.