на русском  |  o’zbekcha

Soʻfi Ollohyor

Soʻfi Ollohyor (1644—1721) Yirik oʻzbek adibi, tasavvuf adabiyotining namoyandasi. Samarqandning Minglar qishlogʻida (1644) tugʻilgan. Oʻn yoshlarida Buxoroga oʻqishga boradi, 25 yoshida Buxoro bojxonasida bojgir boʻlib ishlaydi. Keyinroq Shayx Navroʻz qoʻlida 12 yil tahsil oladi. 1721 yilda Surxondaryo viloyatining Vaxshivor qishlog'ida vafot etadi. Qabri oʻsha yerda.

Soʻfi Ollohyorning «Maslakul-muttaqiyn» («Taqvodorlar maslagi»), «Sabotul-ojizin», «Maxzanul-muteʼin» («Muteʼlar xazinasi»), «Murodul-orifin» asarlari mavjud. «Bayozi alamkash»da 73 sheʼri bor.

Soʻfi Ollohyorning mashhur asari «Sabotul-ojizin» boʻlib, Saudiya Arabistonii, Pokiston, Turkiya kabi mamlakatlarda chop etilgan. Bir necha marta sharhlar yozilgan. Asar dastlab fors-tojik tilida yozilgan. Keyinchalik Soʻfi Ollohyorning oʻzi uni oʻzbek tiliga sheʼriy uslubda tarjima qilgan. Hajmi 12.000 baytdan ortiq «Sabotul-ojizin» asarining tuzilishi ham oʻziga xos.

«Maslakul-muttaqiyn» asari naqshbandiya tariqati mujadiddiya qoʻli (tarmogʻi)ning nazariy manbasi hisoblanadi. Unda suluk odobi, murid va murshid munosabatlari yangicha talqinda bayon qilingan.

Soʻfi Ollohyor ijodi va taʼlimoti F.Mayer, Yu.Raul, A.Kyugelgen, D.DiUis kabi xorijiy olimlar, V.Abdullaev, Sh.Sirojiddinov, I.Suvonqulov, M.Mahmudov, N.Allayorova tomonidan oʻrganilgan.