E-MAIL
Foydali saytlar

Gov

Press-Service

ZiyoNet

Uza

Uza

www.edu.uz

www.vak.uz

www.pedagog.uz

Bosh sahifa / Ta`lim /

Bakalavriat

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti 1918-yil 12-mayda tashkil topgan. Sharqning buyuk allomalari vatani bo‘lgan Turkistonda XIX asr oxirlaridayoq zamonaviy milliy universitet yaratish g‘oyasi mavjud edi. 1918-yil 12-mayda mashhur marifatparvar Munavvarqori Abdurashidxonov Toshkentning eski shaharida birinchi rektor sifatida so‘zga chiqib, rasmiy ravishda jahon andozalariga mos Milliy universitetning o‘z faoliyatini boshlashga tayyor ekanini e‘lon qildi. Milliy universitet quyi, o’rta va oliy ta`lim shakllarida tashkil etilgan bo‘lib, uning oliy bosqichida besh fakultet bor edi: adabiyot va falsafa, iqtisodiyot va ijtimoiyot, ziroat va ovul ho‘jaligi, tibbiyot va riyoziyot, sanoat va texnika. 1927-1931 yillar mobaynida universitet tarkibidan alohida institutlar tarzida ajralib chiqqan meditsina, qishloq xo‘jaligi, xalq xo‘jaligi instituti. Politexnika institutlari kabi o‘nlab oliy ta`lim maskanlari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmanistonda oliy o‘quv yurtlari tashkil etilishini O‘zbekiston Milliy universiteti faoliyatining samarali natijalari sifatida baholash mumkin. Bunda ilmiy muassasalar soni 120 dan ortiq.
Hozirgi kunda universitetda 13 ta fakultet (mexanika-matematika, fizika, kimyo, biologiya-tuproqshunoslik, geologiya, geografiya, falsafa, ijtimoiy-siyosiy fanlar, horijiy filologiya, o‘zbek filologiyasi, jurnalistika, tarix, huquqshunoslik, iqtisodiyot), 95 ta kafedra, 2 ta (Oliy pedagogika va Amaliy fizika ilmiy tekshirish) institut, 2 ta akademik litsey, biznes maktab, tayyorlov fakulteti, kutubxonalar, sport kompleksi, teatr-studiya, akademik xor, Madaniyat saroyi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Universitetda kompyuter tarmog‘i va internet tizimi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Har yili universitet bo‘yicha 10 dan ortiq ilmiy konferensiyalar o‘tkaziladi. Yiliga 500 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etiladi va 10 dan ortiq ilmiy izlanishlar asosida patentlar rasmiylashtiriladi. Universitet dargohida 1200 dan ortiq professor – o‘qituvchi, shu jumladan, 21 ta O’zbekiston Fanlar Akademiyasining haqiqiy a`zolari 225 ta fan doktorlari va professorlar, 575 ta ilmiy fan nomzodlari va dotsentlar, 211 katta o’qituvchi hamda 220 ta o’qituvchi va asissentlar talabalarga ilm-fan sirlarini o’rgatishmoqda. Hamda 10 mingdan ortiq talaba, magistr, aspirantlar o‘qimoqda.
Hozirgi kunda AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, Rossiya, Yaponiya, Koreya, Gollandiya kabi rivojlangan mamlakatlarning 20 ga yaqin universitetlar bilan hamkorlik aloqalari o’rnatilgan.


O’zMUda ta’lim jarayoni yo’lga qo’yilgan yo’nalish va  mutaxassisliklar ro’yhati

5141500Milliy istiqlol g`oyasi, huquq va ma`naviyat asoslari
5210200San`atshunoslik
5220100Filologiya (o`zbek tili)
5220101Filologiya: ingliz tili
5220102Filologiya: nemis tili
5220103Filologiya: fransuz tili
5220105Filologiya: rus tili
5220106Filologiya: o`zbek tili
5220108Filologiya: nutq madaniyati va notiqlik
5220114Filologiya: xitoy tili
5220200Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo`yicha)
5220300Falsafa
5220800Arxeologiya
5310100Siyosatshunoslik
5310200Psixologiya
5310300Sotsiologiya
5320100Jurnalistika
5320300Arxivshunoslik
5340100Iqtisodiyot (tarmoqlar bo`yicha)
5340400Biznesni boshqarish
5380100Yurisprudensiya
5420100Biologiya
5420200Bioinformatika
5420500Ixtiologiya
5420600Biofizika
5420700Biokimyo
5420800Genetika
5440100Fizika
5440200Mexanika
5440300Astronomiya
5440400Kimyo
5440500Geografiya
5440600Gidrometeorologiya
5440700Geologiya, foydali qazilmalar konlarini qidirish va bashorat qilish
5441000Geofizika
5441100Gidrologiya
5441200Geokimyo, mineralogiya va petrografiya
5460100Matematika
5480100Amaliy matematika va informatika
5521900Informatika va axborot texnologiyalari (sohalar bo`yicha)
5540100Geodeziya, kartografiya va kadastr
5620100Agrokimyo va tuproqshunoslik
5850200Ekologiya va tabiatdan foydalanish

E`lonlar
 
|
barcha e`lonlar
“Barkamol avlodni

“Barkamol avlodni shakllantirish – ma`naviy taraqqiyot omili” mavzusida 2010 - yil 30 aprel soat 10:00 da Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Madaniyat saroyida bo`lib o`tadigan Respublika ilmiy – amaliy konferentsiyasiga taklif etadi.

>>>

O`zbekistonning inno

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti “O`zbekistonning innovatsion taraqqiyoti – yoshlar nigohida” mavzusidagi Respublika ilmiy- amaliy konferentsiyasiga taklif etadi.

>>>

O`zMU Sotsiologiya k

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Falsafa fakultetining Sotsiologiya kafedrasi 2009 yil 17 dekabr kuni soat 14:00 da Sotsiologiya kafedrasining 20 yilligiga bag`ishlangan tadbirga taklif etadi.

>>>

 
 
 

© 2004-2009, Nuu.Uz

Âñå ïðàâà çàùèùåíû