на русском  |  o’zbekcha

Ubaydiy

Ubaydiy (1487—1540) Taniqli shoir, davlat arbobi, tasavvuf adabiyotining namoyandasi. Buxoroda tugʻilgan, Shayboniyxonning jiyani. Buxoro xoni sifatida (1533—1539) mamlakatda obodonchilik va madaniy-maʼrifiy ishlarni yuksaltirgan.

Mashhur Mirarab madrasasi uning davrida qurilgan. Tasavvufda yassaviya-jahriya tariqatiga kirgan. Yassaviyga ergashib, hikmatlar; Navoiyga ergashib gʻazallar yozgan. Shoirning kulliyoti OʻR FA ShIda 8931 raqami ostida saqlanadi. Kulliyotga «Devon» va «Gʻayratnoma», «Shavqnoma», «Kitobus-salot» («Namoz kitobi») asarlari ham kirgan.

Ubaydiyning «Devon»idagi turkiy gʻazallar «Vafo qilsang» nomi bilan eʼlon qilingan (nashrga tayyorlovchi A.Hayitmetov), shoir ijodi yuzasidan M.Abdullaev nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.