на русском  |  o’zbekcha

Xurshid Davron

Xurshid Davron(1952-yil 20-yanvarda Samarqandda tugʻilgan) - oʻzbek shoiri, jurnalisti, tarixchisi, yozuvchisi va tarjimoni.

Xurshid Davron 1952 yilning 20 yanvarida Samarqand shahri yaqinidagi Chordara qishlog'ida tavallud topgan. Toshkеnt universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1969). Uzoq yillar nashriyot sohasida, Ma'naviyat va ma'rifat markazida faoliyat yuritgan. 1996 yildan O'zbеkiston Milliy teleradiokompaniyasida ishlab kelmoqda.

Chop etilgan kitoblari:

"Qadrdon quyosh" - She'rlar to'plami,1979 "Shahardagi olma daraxti - "She'rlar to'plami,1979 "Tungi bog'lar" - She'rlar to'plami,1981 "Uchib boraman qushlar bilan" - She'rlar to'plami,1983 "To'marisning ko'zlari" - She'rlar to'plami,1984 "Bolalikning ovozi" - She'rlar to'plami,1986 "Qaqnus" - She'rlar to'plami,1987 "Полет одинокой птицы" - Сборник стихов,1989 "Samarqand xayoli" - Ma'rifiy maqolalar,esselar va tarixiy qissalar,1991 "Sohibqiron nabirasi" - Tarixiy hikoylar va qissalar,1995 "Shahidlar shohi" (Shayx Kubro tushlari" - Tarixiy-ma'rifiy qissa,1998 "Bahordan bir kun oldin" - She'rlar to'plami,1997 "Bibixonim qissasi" - Tarixiy hikoyalar va qissalar,2007 "Shayx Kubro tushlari" - Tarixiy-ma'rifiy qissa,ikkinchi nasr,2008

Shuningdek,Xurshid Davronning o'ndan ortiq jahon adabiyotidan qilgan tarjima kitoblari ham nashr etilgan.